Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Transport vositalarini majburiy tarzda texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi takomillashtiriladi
Foto: Pinterest
O‘zbekistonda transport vositalarini majburiy tarzda texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi takomillashtiriladi. Bu 2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash konsepsiyasini 2018-2019 yillarda amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"da nazarda tutilgan.
Xususan, Vazirlar Mahkamasining quyidagilarni nazarda tutadigan qarori loyihasi 2018 yil oktabr oyiga qadar ishlab chiqiladi:
oxirgi uch yilda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan transport vositalarini inventarizatsiya qilish;
utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga bo‘linadigan transport vositalarini DYHXX organlari hisobidan majburiy tarzda o‘chirish tartibini belgilash;
transport vositasi utilizatsiya qilishga yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga bo‘lishga topshiriladigan bo‘lsa, uni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishga o‘z vaqtida topshirmaganlik uchun ma'muriy jarima undirish normasini chiqarib tashlash;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini va nodavlat tashkilotlarni keng jalb qilgan holda transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi majburiyligi va muhimligini muntazam targ‘ib qilish.
Bu borada IIV, Avtomobil transporti agentligi, «O‘zavtosanoat», Adliya vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar mas'ul etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:20 / 15.11.2025
O‘zbekistonning 24 ta transport-logistika markazi quruqlik portlari maqomini oldi
12:24 / 08.08.2025
Milliy tashuvchilar og‘ir yuklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri Xitoydan tashishni boshladi
14:36 / 14.07.2025
Lift yiliga kamida bir marta majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi
15:32 / 05.06.2025