Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lift yiliga kamida bir marta majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi
Liftlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilandi.
Hukumat qarori bilan «Liftlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, bino va inshootlarda o‘rnatilgan, doimiy ravishda foydalanishda bo‘lgan liftlar 12 oydan oshmagan holda kamida 1 marta majburiy davriy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Foydalanishga topshirilgan va yangi o‘rnatilgan har qanday lift maxsus elektron axborot tizimida ro‘yxatga olinishidan avval dastlabki texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi shart.
Dastlabki texnik ko‘rik lift pudratchisining murojaatiga binoan 10 ish kunidan kechiktirmay ixtisoslashgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda texnik ko‘rik natijalarining toifasiga qarab quyidagi ranglarda ma’lumot yorlig‘i liftga yopishtiriladi:
- foydalanishga yaroqli liftga «yashil»;
- qisman nosoz liftga «moviy»;
- nosoz liftga «sariq»;
- foydalanish uchun xavfli liftga «qizil».
Texnik ko‘rik natijasida foydalanish uchun xavfli va qizil rangli ma’lumot yorlig‘i bilan belgilangan liftdan foydalanish taqiqlanishi lozim.
Mavzuga oid
09:10 / 19.05.2026
Lift xavfsizligini baholash tizimi uchun yangi tartib joriy etilmoqda
17:35 / 30.04.2026
Ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘lagi va zinapoyasi haftada 1 marta tozalanadi
14:35 / 20.02.2026
Bino va inshootlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari narxini baholash tartibi belgilanmoqda
09:10 / 12.02.2026