O‘zbekiston | 11:04 / 13.07.2017
5775
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent 15 yillik tanaffusdan so‘ng YeXHTning OAV bo‘yicha anjumaniga mezbonlik qiladi

Toshkent shahrida 15 yillik tanaffusdan so‘ng Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi masalasi bo‘yicha vakili Byurosi tomonidan har yili tashkil etiluvchi Markaziy Osiyo anjumaniga mezbonlik qiladi. “Markaziy Osiyoda ochiq jurnalistika” mavzusidagi hisob bo‘yicha 19-forum O‘zbekiston poytaxtida 18-19 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Kutilishicha, anjumanda qariyb 80 ga yaqin jurnalistlar, hukumat, fuqarolik jamiyati, akademik doira vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etadi. Ular mintaqada OAV erkinligi bilan bog‘liq masalalarni muhokama etadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent “OAV erkinligi va korrupsiya” mavzusidagi 4-anjumanga 2002 yilda mezbonlik qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid