“Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oşiriş yuzasidan prezident farmoni qabul qilindi.

Unga köra, 2026 yil yakuniga qadar:

  • Çilonzor tumani Lutfiy mahallasi Boğiston köçasida joylaşgan Toşkent şahri onkologiya şifoxonasi örnidagi 4,36 gektarda yaşil jamoat parki taşkil etilişi;
  • Toşkent şahrida 4 ta sun’iy köl yoki suv havzalari taşkil etilişi lozim.

2026 yil 1 apreldan quyidagi ekologik obektlarni barpo etişni ham boşlaş vazifasi qöyildi:

  • Mirzo Uluğbek tumanidagi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti va unga tutaş bölgan 250 gektarda dendrologiya boği (Yoqilği-energetika va kimyo sanoati sohasi kadrlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi hamda “Özbekiston-Koreya kimyo texnologiyalari innovatsiya markazi”ni taşkil qilişga möljallangan yer maydoni bundan mustasno);
  • Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universiteti (Green University) qarşisidagi Toşkent va Qibray tumanlaridagi 83 gektarda dendrologiya boği;
  • çang böronlarining oldini oliş uçun Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida “yaşil devor”lar;
  • Toşkent şahrida faoliyat olib borayotgan davlat oliy ta’lim muassasalari hududida kamida 1 ta, jami 15 ta favvora;
  • Toşkent şahrining har bir tumanida şaharsozlik normalaridan kelib çiqib kamida bittadan favvora.

Jahon bankining “Özbekistonda barqaror örmon landşaftlarini tiklaş” loyihasi doirasida közda tutilgan mablağlarning bir qismini Toşkent şahri atrofida “yaşil belboğ” barpo etiş loyihasiga yönaltiriş közda tutilmoqda. Bu haqdagi qaror loyihasini 1 oy muddatda kiritiş vazifasi belgilandi.