Elektromobilni uyda quvvatlashni rag‘batlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, xonadonida elektromobil quvvatlash uskunasiga hisoblagich o‘rnatgan aholiga tungi vaqtda quvvatlaganlik uchun arzon tarif qo‘llanadi. Ko‘chalarda, ko‘p qavatli uylar atrofida 22 kilovattgacha, xonadonda esa 7 kilovattgacha zaryadlash stansiyasi o‘rnatish mumkin bo‘ladi.
10 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida energosamaradorlik va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Rasmiy relizda aytilishicha, O‘zbekistonda elektromobillar soni oxirgi uch yilda 10 karra oshib, 35 mingtaga yetgan. Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Shu munosabat bilan yig‘ilishda davlat rahbari elektr tizimini rivojlantirishda yangi zaryadlash quvvatlarini hisobga olish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Endilikda elektromobilni xonadonda quvvatlashni rag‘batlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi. Quvvatlash uskunasiga hisoblagich o‘rnatgan aholiga tungi vaqtda quvvatlaganlik uchun arzon tarif qo‘llanadi.
Shuningdek, ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar atrofida 22 kilovattgacha, xonadonda 7 kilovattgacha zaryadlash stansiyasi o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Davlat tashkilotlari, savdo markazi, mehmonxona va dam olish maskanlari avtoturargohida quvvatlash stansiyasi o‘rnatiladi.
Mavzuga oid
16:20 / 17.10.2024
Parij avtosalonida “pufak”ka o‘xshash mini elektromobil namoyish etildi
07:50 / 17.10.2024
O‘zbekistonda elektromobillar savdosi rekord darajaga yetdi
11:50 / 10.10.2024
O‘zbekiston eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar aytildi
20:47 / 08.10.2024