“Özatom” direktori Azim Ahmadxöjayev Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida Jizzaxda qurilajak kam quvvatli AESda işlab çiqariladigan 1 kVt/soat elektr energiyasi narxi haqidagi savolga javob berdi.

“AESda işlab çiqarilgan elektr energiyasining narxi dunyodagi eng arzonlaridan biri böladi”, – dedi u.

Ahmadxöjayevning qöşimça qilişiça, aniq narx yakuniy xarajatlar optimallaştirilişi va texnik-iqtisodiy asos işlab çiqilgandan söng ma’lum böladi. Jahon tajribasidan kelib çiqiladigan bölsa, loyihaning özini oqlaş muddati 15−20 yilni taşkil etişi mumkin.

“Stansiya – asosiy uskunalar va uzellarni almaştirmasdan 60 yilgaça işlaydigan energiya manbaidir. Şundan söng modernizatsiya va qöşimça jihozlaş işlari olib boriladi. Keyin ham stansiya yana 20 yil işlaşi mumkin. Investitsiyalarni qaytariş muddati har qanday holatda ham stansiyadan foydalaniş muddatidan bir neça baravar kam böladi. AES özini qoplaş nuqtasiga çiqqandan söng, 1 kVt/soat elektr energiyasining narxi 1,5−2 sentni taşkil etişi mumkin”, dedi “Özatom” rahbari.

Uning sözlariga köra, AESning yakuniy qiymati hozirça noma’lum, lekin umumiy xarajatlar 2 mlrd dollardan oşmaydi. Stansiya asosan taşqi qarzlar hisobiga quriladi, davlat budjetidan minimal darajada foydalaniş rejalaştirilgan.