Qoraqalpog‘istondagi 17 nafar hokim qaysi turdagi vaksinani olishgan?
Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlarida 17 nafar hokim faoliyat olib boradi. Xo‘sh, Qoraqalpog‘istonda hokimlar vaksina olganmi? Kun.uz muxbiri mana shu rahbarlarning koronavirusga qarshi emlangani yuzasidan surishtiruv olib bordi.
Amudaryo tumani. Tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev 10 iyul sanasida ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasining birinchi dozasini qabul qilgan. Shu kuni hokimlikning boshqa xodimlari ham emlangan. Kun.uz muxbiriga ma'lum bo‘lishicha, hozirda Sultonboy Yo‘ldashev ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasining ikkinchi dozasini ham qabul qilgan.
Beruniy tumani. Tuman hokimi Atabek Saparbayev ham 17 iyul kuni emlangan. Hokim Xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasining birinchi dozasini qabul qilgan. Qo‘shimcha qilinishicha, iyul oyida hokimlik xodimlari ham to‘liq emlangan.
To‘rtko‘l tumani. Tuman hokimi Rustam Shamuratov to‘liq emlangan. Hokimlikning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, iyun-iyul oylari davomida hokim «Sputnik V» vaksinasi bilan to‘liq emlangan.
Shumanay tumani. Tuman hokimi Bahadir Yangibayev hozirgi kunda allergiyaga qarshi davolanayotgani sababli vaksina qabul qilmagan. Davolanish tugagandan so‘ng ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasini qabul qilish rejalashtirilgan.
Chimboy tumani. Tuman hokimi Aybek Tajyetdinov to‘liq emlangan. Hokim «Sputnik V» vaksinasining birinchi dozasini 17 iyul kuni, ikkinchi dozani esa 7 avgust kuni qabul qilgan.
Kegeyli tumani. Tuman hokimi Dao‘letbay Utemuratov to‘liq emlangan. Hokim «Sputnik V» vaksinasining birinchi dozasini 10 iyun kuni, ikkinchi dozani esa 1 iyul kuni qabul qilgan. Shu kuni Qoraqalpog‘iston SSV tomonidan emlangani haqida sertifikat berilgan.
Mo‘ynoq tumani. Tuman hokimi Yerpolat Yedenbayev yarim emlangan. U 9 avgust kuni ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasining birinchi dozasini qabul qilgan. Hokimlikning boshqa xodimlari esa 6 iyul kuni emlangan.
Qo‘ng‘irot tumani. Tuman hokimi Qallibek Xalmuratov 13 iyul sanasida «Sputnik V» vaksinasining birinchi dozasini qabul qilgan. 3 avgust sanasida esa «Sputnik V» vaksinasining ikkinchi dozasini ham qabul qilib, to‘lig‘i bilan emlangan.
Nukus shahri. Qoraqalpog‘iston poytaxti hokimi Utemurat Panayev yarim emlangan. Hokim iyul oyida «Sputnik V» vaksinasining birinchi dozasini qabul qilgan.
Qonliko‘l tumani. Tuman hokimi Abu-Bakir Ibragimov «Sputnik V» vaksinasi bilan yarim emlangan. U 30 iyul kuni vaksinaning birinchi dozasini qabul qilgan.
Xo‘jayli tumani. Tuman hokimi Jyengis Yermashev ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasi bilan to‘liq emlangan. U iyul-avgust oylarida vaksinaning ikkala dozasini ham qabul qilgan.
Taxtako‘pir tumani. Tuman hokimi Jambul Adilov «Sputnik V» vaksinasi bilan to‘liq emlangan. U iyul-avgust oylarida vaksinaning ikkala dozasini ham qabul qilgan.
Nukus tumani. Tuman hokimi Omirbay Usnatdinov to‘liq emlangan. U iyul-avgust oylarida «Sputnik V» vaksinasining ikkala dozasini ham qabul qilgan.
Qarao‘zak tumani. Tuman hokimi Uzakbergen Utambetov 10 iyun sanasida «Sputnik V» vaksinasining birinchi dozasini qabul kilgan. Hokimlikning boshqa xodimlari ham emlangan. Hokim vaksinaning ikkinchi dozasini 2 iyul kuni qabul qilib, to‘liq emlangan.
Taxiatosh tumani. Tuman hokimi Ilhom Matkarimov to‘liq emlangan. U 10 iyul va 5 avgust kunlari «Sputnik V» vaksinasining ikkala dozasini qabul qilgan.
Bo‘zatov tumani. Tuman hokimi Mahmud Kaypanov 10 iyul sanasida Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi birinchi dozasini qabul qilgan. Joriy yilning 7 iyul kuni hokimlikning boshqa xodimlari ham emlangan.
Ellikqal'a tumani. Tuman hokimi Seydamat Avezov to‘liq emlangan. Hokim «Sputnik V» vaksinasining birinchi dozasini 19 iyun kuni, ikkinchi dozani esa 21 iyul kuni qabul qilgan.
Shuhrat Saidahmadov
Mavzuga oid
20:18 / 30.11.2024
Energetika sohasidagi sustkashlik uchun 14 nafar hokimga hayfsan berildi
11:31 / 27.11.2024
Qoraqalpog‘istonda 3 bosh Buxoro bug‘usini o‘ldirgan shaxs 3,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi
17:03 / 16.11.2024
Qoraqalpog‘istonning Bo‘zatov tumaniga yangi hokim tayinlandi
10:30 / 10.11.2024