Jahon | 20:47 / 20.03.2021
9378
6 daqiqa o‘qiladi

Boy davlatlar oldidagi tanlov: rivojlanayotgan davlatlarga vaksinatsiyada yordam berish yoxud pandemiya cho‘zilishini kuzatish

O‘tgan oy oxirida bortiga 600 000 doza vaksina ortilgan samolyot Gana poytaxti Akkra aeroportiga kelib qo‘ndi. Preparatlar Vaksinalarni adolatli taqsimlash bo‘yicha tashkilot (GAVI), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, CEPI va bir qator donor tashkilot hamda davlatlar tomonidan moliyalashtirilgan COVAX dasturi orqali keltirildi. Bu xushxabar edi, lekin Gananing aholisi 30 milliondan oshadi va har bir fuqaro ikki doza bilan emlanishi hisobga olinsa, bunday yuklarning hali ko‘pginasi kerak bo‘lishi oydinlashadi.

Foto: Ulet Ifansasti/Getty Images

Dunyo koronavirus halokatiga birga duchor bo‘ldi, endi uning domidan ham birga chiqish kerak. Faqat rivojlanayotgan dunyoni to‘laligicha emlabgina AQSh va boshqa yetakchi davlatlarning iqtisodi pandemiyadan to‘la xalos bo‘lishi mumkin. Baxtga qarshi COVAX tashabbusi halitdan mablag‘ taqchilligi muammosiga duchor bo‘lyapti – ushbu satrlar bitilayotgan damda 23 milliard dollar. Pandemiyani tugatish barcha joyda topqirlik, kuchli diplomatiya va tezda amaliy harakat qilishni talab qiladi – aytaylik, o‘sha budjet taqchilligini yopish uchun innovatsion iqtisodiy choralarni qo‘llash. Bunga yetishga oz qoldi.

Shu kungacha koronavirus millionlarning hayotiga zomin bo‘ldi, milliardlab odamlar hayotini xavf ostiga qo‘ydi. Pandemiyaga bo‘lgan nohaq va yetarsiz javob dunyoni ikkiga bo‘lyapti. Rivojlangan iqtisod, fiskal va monetar salohiyat va vaksinalarga barvaqt ega bo‘lish imkoni pandemiya bu yildan keyin ham davom etishiga ishora qilmoqda. Fiskal salohiyat, vaksina va boshqa davo choralariga imkoniyati kamroq bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar esa yuz minglab qurbonlar berib, qashshoqlik, ocharchilik va kasallik domidan qutulolmay pandemiyadan yillar davomida jabr ko‘rib yurishi ehtimoli yuqoriligini ko‘rsatyapti.

Inqiroz qancha uzoq davom etsa, oradagi farq shuncha kattalashadi, ikki dunyo o‘rtasidagi jarlik kengayib boraveradi va barchamiz uchun sog‘liqni saqlash, iqtisod va alaloqibat xavfsizlik masalalarida risklar paydo qiladi. Virusning emlanmagan mamlakatlarda paydo bo‘ladigan vaksinaga chidamli variantlari immunizatsiya qilingan mamlakatlarga tezda tarqalishi mumkin. Rivojlanayotgan mamlakatlar oqibatlar bilan kurashish va ortga ketishda davom etganda rivojlangan davlatlar bundan jabr ko‘rishi aniq. Pandemiya sharoitlari va qulashlar oqibatida bu davlatlar boshqalarga tartibsizlik hatto urush xavfini ham tug‘diradi.  

Binobarin, bunday davlatlarda diqqat qaratalishi kerak bo‘lgan muammolar ko‘p bo‘lsa ham eng muhim qadam butun dunyoni emlashdir. Afsuski, vaksina taqsimoti juda noteng va adolatsiz bo‘lyapti. Bloomberg bergan ma'lumotga ko‘ra, AQSh aholisining 22 foizi bir doza bo‘lsada vaksina olgan bo‘lsa, Ganada bu ko‘rsatkich 0,7 foizni tashkil qiladi. Rivojlanayotgan davlatlarda bunday past ko‘rsatkich bilan virusning yangi versiyalari paydo bo‘lishi va tarqalishidan qochib bo‘lmaydi. Bunday variantlar yanada yuqumli, ko‘proq o‘limga sabab bo‘luvchi va mavjud vaksina va davolash choralariga chidamli bo‘lishi mumkin.  

Xalqaro Tijorat tadqiqot jamg‘armasi palatasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda vaksinalarning noteng taqsimlanishi oqibatida global iqtisod 2021 yilning o‘zida 9,2 trillion dollar zarar ko‘rishi aytildi. Xuddi shunday tadqiqot Rand Corporation tomonidan ham o‘tkazildi: AQSh va boshqa davlatlar jamoaviy immunitetga erishgan taqdirda ham koronavirusning har yerda mutatsiyaga uchrashi natijasida Covid-19 bilan bog‘liq xarajatlar kamaymaydi. Rand Corporation AQSh va boshqa rivojlangan mamlakatlar qashshoq mamlakatlarning vaksinasi uchun sarflaydigan har bir dollari ularga 4,8 dollar keltiradi.

AQSh prezidenti Jo Baydenning Kanada va Meksikaga vaksina jo‘natish hamda JSSTning COVAX dasturiga 4 milliard dollar mablag‘ ajratish haqidagi qarori jahonda pandemiyaga barham berish uchun yetarli emas. AQShning yordamidan tashqari ham koronavirusga qarshi kurashish uchun 23 milliard dollar yetmay turibdi. Undan tashqari, u pullar daromadi o‘rta va past bo‘lgan 92 davlatning 20 foiz aholisini emlashga yetadi – bu ham yetarli emas. Jyeff Saks 2022 yilda global immunitetga erishish uchun 50 millirad dollar kerak bo‘lishini aytgan.

Biz bu kemtikni to‘ldirish yo‘llarini topishimiz darkor. Masalan, o‘tgan oy G20 moliya vazirlari Xalqaro valuta jamg‘armasiga a'zo mamlakatlarning rasmiy zaxiralarini to‘ldiruvchi xorijiy valutadagi qo‘shimcha aktivlar qarz oldi-berdisiga oid maxsus huquqlar ishlab chiqish masalasini o‘rganib chiqishni tavsiya qildi. Kreativ fikrlash va XVJ va G20’ga suyangan holda bu likvidlikning bir qismi COVAX’ni moliyalashtirish hamda o‘rta va past daromadli mamlakatlarning koronavirusga qarshi kurashishda qo‘llash uchun sarflanishi lozim.

Yetarlicha moliyalashtirish ishning bir qismi. Hozirda ishlab chiqarilayotgan vaksinalarning asosiy iste'molchisi bo‘lib olgan boy davlatlarning qo‘llovi bilan COVAX vaksinalarning teng va uzluksiz ta'minotini amalga oshirishi hamda jahon aholisi kelgusi ikki yilda to‘liq emlanishi ta'minlanishi kerak. Resursning bir qismi sog‘liqni saqlash xodimlari vaksinani olib borgan samolyotning kimningdir qo‘liga yetib borishini ta'minlaydigan tizimni yaratishga xarjlanishi shart.

Butun dunyo emlanmaguniga qadar, butun dunyo xavf ostida bo‘ladi. Jahon ahli virusning zararlash va mutatsiya uchrashda davom etishiga qancha ko‘p qo‘yib bersa, pandemiya shuncha ko‘proq davom etadi va iqtisodiy inqiroz cho‘zilaveradi. Pandemiya boshlanganida beri kun tartibida turgan masala – dunyo qanday qilib o‘zini emlaydi emas, balki jahon ahli shunga intiladimi yoki yo‘qmi degan masaladir. Hozir qaror qabul qilishning ayni mavridi – pandemiya tugashi shunga bog‘liq.

Mavzuga oid