Ganada xavfli Marburg virusi aniqlandi. Ikki kishi vafot etgan
Afrikaning Gana davlatida kuchli gemorragik isitmani keltirib chiqaruvchi va o‘limga olib keluvchi Marburg virusi bilan kasallangan ikki bemor aniqlandi. Bu virus Ebola bilan bir oilaga tegishli.

Foto: Getty Images
Ikkala holat ham janubiy Ashanti mintaqasida sodir bo‘lgan. Tashxis tasdiqlangan bemorlar shifoxonada vafot etgan.
Markaziy va Sharqiy Afrika mamlakatlarida Margburg virusining tarqalishi ehtimoli yuqori, ammo bu juda kam uchraydi. Shunday bo‘lsa-da, Gana hukumati vaziyatga jiddiy yondashmoqda. 98 kishi allaqachon qattiq karantinga yuborilgan.
Virusdan o‘lim darajasi 50 foizni tashkil qiladi, ammo JSST kasallik belgilarini davolash imkoniyatlari cheklangan mamlakatlarda bu yuqoriroq ekani haqida ogohlantirmoqda.
Marburg virusi tana suyuqliklari - qon, najas, ter va tupuk orqali yuqadi. Dastlabki bosqichlarda bemorning boshi va mushaklari og‘riydi. Titroq va holsizlik paydo bo‘ladi.
Kasallik davomida belgilar kuchayadi, jigar bilan bog‘liq gepatit (sariq) xastaligi kelib chiqadi. Vazn yo‘qotish, og‘iz va burundan qon ketishi kuzatiladi.
Kasallik odatda uch hafta davom etadi. Bemorning hayotini saqlab qolish uchun jigar faoliyatini qo‘llab-quvvatlab turish va tana haroratini tushirish kerak.
Kerakli dori-darmonlar tanqis bo‘lgan mamlakatlarda virus bemorlarning o‘limiga olib keladi.
Marburg virusining tashuvchilari odatda uchar tulkilar hisoblanadi. Gana va boshqa Afrika mamlakatlari hukumatlari aholini bu sutemizuvchilar yashaydigan g‘orlardan qochishga va har qanday go‘shtni yaxshilab pishirishga chaqirmoqda.
Virus birinchi marta 1967 yilda Germaniyaning Marburg shahrida aniqlangani bois shu nomni olgan. O‘sha paytda undan 7 kishi o‘lgan edi. Biroq, keyinchalik Yevropada bunday holatlar takrorlanmadi.
Marburg virusining eng halokatli epidemiyasi 2005 yilda Angolada sodir bo‘lib, 200 dan ortiq odamning o‘limiga olib kelgan.
Kongo, Keniya, Uganda va Janubiy Afrikada ham virusning tarqalishi qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishi mumkin - OAV
Jahon | 00:43
-
Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi
Jahon | 00:18
-
Toshkentdagi tungi klub oldida fuqarolarni kaltaklagan erkak Qozog‘istonda ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 17.03.2025
-
BYD elektromobillarni 5 daqiqada quvvatlash imkonini beradigan yangi tizimni taqdim etdi
Fan-texnika | 23:25 / 17.03.2025
Mavzuga oid

10:31 / 11.10.2024
Marburg virusi: belgilari, yuqish yo‘llari va profilaktika choralari

20:48 / 04.10.2024
Marburg bezgagi global tarqalishining xavfi past - JSST rahbari

22:27 / 02.12.2022
JCh-2022. Janubiy Koreya 90+1-daqiqadagi gol evaziga Portugaliyani mag‘lub etib 1/8 finalga chiqdi, Urugvay turnir bilan xayrlashdi

20:16 / 28.11.2022