O‘zbekiston | 10:18 / 29.12.2017
19894
5 daqiqa o‘qiladi

Tibbiyot xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. 

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 noyabrdagi 920-son «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash davlat tizimi tashkilotlarini kadrlar bilan ta'minlashni yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq:

1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2014 yil 18 dekabrdagi 21-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2649, 2015 yil 19 yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015 y., 3-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritildi.

2. Mazkur buyruq rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar: 

1. 7-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

7. Malaka toifasini olish uchun murojaat qilgan vrachlarning mutaxassislik bo‘yicha ish staji Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomning 3-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.

Mutaxassislik bo‘yicha ish stajini hisoblab chiqishda mazkur Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha ish staji o‘zaro hisobga olinadi.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimi mutaxassisligining nomi o‘zgarganda, uning oldingi mutaxassisligi bo‘yicha olgan malaka toifasi va u bo‘yicha mehnatga haq to‘lash shartlari saqlanadi, keyinchalik yangi nomdagi mutaxassislik bo‘yicha malaka toifasini olish uchun murojaat qilganda oldingi mutaxassisligi bo‘yicha ish staji va olgan malaka toifasi inobatga olinadi.

Qishloq vrachlik punktlari, oilaviy yoki ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda umumiy amaliyot shifokori lavozimida ishlayotgan tor mutaxassislikka ega bo‘lgan vrachlar ish faoliyatini tor mutaxassisligi bo‘yicha davom ettirgan taqdirda, ularning umumiy amaliyot shifokori lavozimida ishlagan davrda olgan malaka toifasi saqlanib qoladi, shuningdek tor mutaxassisligi bo‘yicha malaka toifasini olish uchun murojaat qilganda umumiy amaliyot shifokori lavozimida ishlagan davridagi ish staji va olgan malaka toifasi inobatga olinadi hamda ular tegishli tor mutaxassisligi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda malaka oshirganidan so‘ng attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Tibbiyot muassasalarida tor mutaxassisligi bo‘yicha ishlayotgan vrachlar qishloq vrachlik punktlari, oilaviy yoki ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarga umumiy amaliyot shifokori lavozimiga ishga o‘tgan taqdirda, ularning tor mutaxassislik bo‘yicha olgan malaka toifasi saqlanib qoladi, shuningdek umumiy amaliyot shifokori lavozimi bo‘yicha malaka toifasini olish uchun belgilangan tartibda murojaat qilganda tor mutaxassisligi bo‘yicha ishlagan davrdagi ish staji va olgan malaka toifasi inobatga olinadi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda malaka oshirganidan so‘ng attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Sog‘liqni saqlash muassasalarining rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari hamda boshqaruv xodimlari jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil qilish mutaxassisligi bo‘yicha, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari hamda boshqaruv xodimlari umumiy gigiyena va epidemiologiya mutaxassisligi bo‘yicha malaka toifasi olish uchun murojaat qilishlari mumkin.».

2. 1-ilovaning 6-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi

3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan

.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid