2027 yil 1 maydan boşlab, akkreditatsiyadan ötgan xususiy tibbiyot muassasalari transplantatsiya bilan şuğullana oladi. Bu haqda 1 may kuni prezident huzurida ötkazilgan yiğilişda aytildi.

Qayd qilinişiça, aholi nafaqat Toşkent yoki viloyat markazlarida, balki öz yaşaş joyida ham malakali davolanişi imkoniyatiga ega bölişi uçun yangi klinikalar, jumladan, çekka hududlarda tibbiyot maskanlari oçişga 200 mln dollarli imtiyozli kredit resurslari yönaltirilişi rejalaştirilgan, deyiladi «Özbekiston 24» telekanali lavhasida.

Bundan taşqari, xorijiy mutaxassislar — şifokorlar, menejerlar, maslahatçilar va texnik xodimlarni jalb qiliş uçun alohida imtiyozlar közda tutilgan. 2029 yil 1 mayga qadar ular uçun ijtimoiy soliq 1 foiz miqdorida belgilanadi. Özbekistonda mehnat faoliyati bilan şuğullaniş huquqini beruvçi ruxsatnomani beriş uçun yiğim miqdori bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravarini (412 ming söm) taşkil etadi. Şuningdek, xususiy sektor uçun zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va butlovçi qismlarni olib kiriş böyiça bojxona imtiyozlari 2029 yilgaça uzaytiriladi.

Ta’kidlanişiça, taqdimot yakunlari böyiça prezident «Tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorni imzoladi.

Bundan taşqari, 2026 yil 1 iyuldan xususiy tibbiyot taşkilotlariga mavjud litsenziya doirasida barça yönalişlar böyiça budjet mablağlari hisobidan tibbiy xizmat körsatişga ruxsat beriladi. Bunda Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi mablağlaridan foydalaniş nazarda tutilmoqda.

2027 yil 1 maydan milliy yoki xalqaro akkreditatsiyaga ega xususiy muassasalarga transplantatsiya faoliyati bilan şuğullanişga ruxsat beriladi.