Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki qurbon va pachoq bo‘lgan to‘rt mashina. Maxtumquli ko‘chasidagi mudhish YTH tafsilotlari
9 oktabr kuni Toshkent shahrining Maxtumquli ko‘chasida yuz bergan ayanchli yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi jiddiy jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi, to‘rtta avtomobil turli darajada shikastlandi. Kun.uz muxbiri voqea joyiga borib, mas’ullardan izoh oldi.
“1992 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi BMW rusumli, 10 M 666 PA davlat raqam belgili transport vositasi “Ashxobod” bog‘i tomondan “Texnopark” tomonga harakatlanib ketayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni o‘rtasidan ajratuvchi devordan o‘tib qarama-qarshi tomonga chiqib ketadi. Yo‘lning bu tarafida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Nexia-3 rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir qiladi. YTH oqibatida jami 4 ta mashina turli darajada shikastlangan”, deydi Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati rahbari Qahramon Xudoyberganov.
Ma’lum bo‘lishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida jiddiy jabrlangan Nexia-3 haydovchisi va yo‘lovchisi tez tibbiy yordam mashinasida Toshkent tibbiyot akademiyasi klinik shifoxonasiga olib boriladi. Biroq ko‘rsatilgan yordamga qaramay dastlab haydovchi, undan bir necha soat o‘tib yo‘lovchi vafot etadi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:49 / 02.01.2026
Amirsoy va Bildirsoyga olib boruvchi yo‘lda bir tomonlama harakat tashkil etildi
09:02 / 30.12.2025
Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
23:34 / 25.12.2025