O‘zbekiston | 20:31 / 21.09.2020
13729
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Samarqanddagi “Fast Education” nodavlat ta’lim muassasasida bir guruh o‘qituvchilar xalqaro darajadagi sertifikat olishdi

Dunyoning ilg‘or mamlakatlarda ham tan olinadigan AQShning xalqaro akkreditatsiyaga ega TESOL dasturini o‘rganish va sertifikatga ega bo‘lish uchun oldinlari harakatchan pedagoglar Yevropa mamlakatlari va AQShga borib shu yo‘nalishda ta’lim olishgan. Tabiiyki buning uchun juda katta xarajat va vaqt talab etiladi.

Endilikda o‘qituvchilar Samarqandning o‘zida mazkur dastur asosida ta’lim olishmoqda. Yaqinda Samarqanddagi “Fast Education” nodavlat ta’lim muassasasida bir guruh o‘qituvchilar xuddi shu — TESOL xalqaro dasturi bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lishdi. 

O‘qituvchilarga xorijlik o‘qituvchilar va AQSh TESOL dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi mutaxassislari saboq berishdi. O‘quv yakunida imtihonlar natijalari AQShga yuborilib, ijobiy baholandi.

Mazkur sertifikat egalari dunyoning istalgan mamlakatida ingliz tilidan talabalarga saboq berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ammo “Fast Education” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari Botir Jo‘rayev bitiruvchilar o‘z bilimlarini avvalo O‘zbekistonda o‘z hamyurtlarimizga berishi, yurtimizdagi ta’lim muassasalarida yoshlarga saboq berishi ko‘zda tutilayotganini ma’lum qildi.

15 yildan buyon o‘quvchilar, talaba va o‘qituvchilar ingliz tilidan saboq olib kelayotgan “Fast Education” nodavlat ta’lim muassasasining bitiruvchilari shu kungacha 23 mingdan oshdi.

Markazda ta’lim ikki xil yo‘nalishda olib boriladi: An’anaviy va onlayn tarzda.

An’anaviy ta’lim bilan bir qatorda onlayn tarzda ham ta’lim tizimi markazda keyingi vaqtda kengayib bormoqda. Onlayn tarzda ta’lim olayotganlar esa shu kecha kunduzda 500 nafardan oshadi. Onlayn dars ham boshqa darslardan farq qilmaydi: O‘qituvchi doskaga mavzuni yozib tushuntiradi, har bir o‘quvchi bilan individual tarzda ishlaydi, og‘zaki mashg‘ulotlar o‘tkazadi va talabalar faol ishtirok etadi. Farqi — o‘quvchi uyda o‘tirib darslarda ishtirok etadi.

Markaz o‘z nomi bilan — ingliz tilini tez va mukammal o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Bugungacha markaz bitiruvchilaridan aksariyati oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan.

 Shuningdek, “Fast Education” nodavlat ta’lim muassasasida 2005 yildan buyon o‘quvchilar xalqaro ingliz tili imtihoni IELTSga tayyorlab kelinmoqda. “Fast Education” nodavlat ta’lim muassasasida IELTS natijalari respublikada eng yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda. Jumladan, so‘nggi imtihonda markaz bitiruvchisi IELTSdan 8,5 ball qo‘lga kiritgan. (Reading -9, Listening -9, Speaking 9, writing 7)

Bugungi kunga kelib bizning ingliz tili maktabimiz mahalliy, xorijiy va xalqaro oliy ta’lim muassasalari ichida o‘z o‘rni va nomiga ega bo‘lgan.

Har yili o‘rtacha 40 nafardan ortiq o‘quvchilar Toshkent shahridagi Singapur menejmenti rivojlantirish institutiga, 20 dan ortiq o‘quvchi Toshkent Xalqaro Vestminster universitetiga va 10 nafardan ortiqroq o‘quvchi Toshkent shahridagi INHA universiteti, Turin Politexnika universiteti va yana bir qator yangi ochilgan nomdor oliygohlarga o‘z qobiliyatlari va bilimlari bilan kirishga muvaffaq bo‘lmoqda.

Bugun dunyoning deyarli barcha nufuzli oliygohlarida “Fast Education” nodavlat ta’lim muassasasi bitiruvchilarini uchratish mumkin. Jumladan, Angliyaning mashhur Oksford, AQShning nufuzli Yale universitetlarida ayni aqtda ham “Fast Education” nodavlat ta’lim muassasasining bitiruvchilari tahsil olmoqda.

Kam ta’minlangan oilalar farzandlarini hamda “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari esa mazkur markazda bepul ta’lim olishadi.

Markazda o‘qishni istovchi o‘quvchilar soni kundan-kunga oshib borayotgani sababli Samarqand viloyati tumanlarida ham filiallarni ochish va chekka qishloqlardagi yoshlarga ham saboq berish ko‘zda tutilgan.

“Fast Education” nodavlat ta’lim muassasasining manzili:

 Samarqand shahar, Dahbet ko‘chasi, 24/5 uy

🔷 Telegram: @botirfast 

🔴 Instagram: fasteducation_uz

🔵 Facebook: Fast Education -Today is your tomorrow

🖥 YouTube: Fast Education

👨‍🏫 Test yourself:

🧑‍💻 Register now

🌐 Vebsayt: www.fasteduonline.uz

Telefonlar: ☎️ +998(95) 411-00-11

                        ☎️ +998(95)411-00-10

                        📲 +998(91)534-02-27

                        📲 +998(93)724-02-28

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid