Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanadi
Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, mazkur cheklovlarga rioya etmagan holda yer berish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytiriladi.
Foto: Kun.uz
Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, davlat mulki bo‘lgan, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish yoxud boshqacha tarzda begonalashtirish taqiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Shuningdek, ushbu yerlarda binolar va inshootlarni qurish yoki mavjud bino va inshootlarning qurilish maydonlarini kengaytirish, hududini qisqartirish taqiqlandi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, mazkur cheklovlarga rioya etmagan holda yer berish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytiriladi.
Shuningdek, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etilib, ularning asosiy, shartli ruxsat etilgan va yordamchi turlarga bo‘linishi nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, botanika bog‘lari muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kiritildi va ularning hududida o‘simlik dunyosi saqlanib qolishiga tahdid soluvchi har qanday faoliyat taqiqlandi.
Mavzuga oid
12:15 / 29.12.2025
Vingroup O‘zbekistonda shaharsozlik va turizm loyihalarini o‘rganmoqda
17:45 / 13.09.2025
«Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Senatga yuborildi
23:16 / 25.08.2025
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida piyodalar uchun 4 ta yo‘lo‘tkazgich quriladi
19:08 / 05.08.2025