Janubiy Koreya prezidenti harbiy holat joriy etgani uchun uzr so‘radi
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol harbiy holat joriy etilgani uchun fuqarolardan uzr so‘radi va uni takrorlamaslikka va’da berdi. Hukmron partiya rahbari Yunning iste’fosini muqarrar deb atadi.

Foto: Kim Soo-heon/REUTERS
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol harbiy holat joriy etilgani uchun mamlakat fuqarolaridan uzr so‘radi va o‘z kelajagini hukmron partiya belgilashini aytdi. «Men qattiq hayratda qolgan fuqarolardan chin dildan uzr so‘rayman. partiyamizga siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish imkoniyatini beraman, jumladan, mening lavozimdagi faoliyatim masalasini ham», — dedi Yun 7 dekabr, shanba kuni telemurojaatida.
Yunning bayonotidan ko‘p o‘tmay, hukmron «Xalq kuchi» partiyasi rahbari Xan Dong Xun prezidentning iste’fosini muqarrar deb atadi. «Hozirgi sharoitda prezident vazifalarini normal bajarishi mumkin emas», deb tushuntirdi u.
Yun Sok Yol fuqarolarga murojaatida, shuningdek, harbiy holatni qayta joriy qilmasligiga va’da berdi. «Ochig‘ini aytaman: hech qachon ikkinchi harbiy holat bo‘lmaydi», dedi u.
17 dekabr kuni Janubiy Koreya parlamentida prezidentga impichment e’lon qilish masalasi bo‘yicha ovoz berish rejalashtirilgan. Yunni davlat rahbari lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun muxolifat hukmron partiyaning yordamiga muhtoj bo‘ladi.
Janubiy Koreyada harbiy holat rejimi
3 dekabr oqshomida Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol kutilmaganda mamlakatda harbiy holat joriy etilganini e’lon qildi, biroq parlament uning farmonini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortib, 4 dekabr kuni ertalab uni bekor qildi. Harbiy holat davrida parlament — Milliy majlis va siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlangan edi. Yun harbiy holat joriy etish zarurligini muxolifatning davlatga qarshi faoliyati bilan izohladi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiya bilan urushni tugatish uchun 22 ta shartga rozi – Kellog
Jahon | 17:33
-
Mask AQSh O‘zbekiston paxtakorlarini moliyalashtirganini eshitib kulib yubordi
Jahon | 17:04
-
AQSh Rossiyaning savdo hamkorlariga 500 foizlik boj joriy qilmoqchi
Jahon | 17:01
-
Octobank'ning 2025 yildagi dastlabki natijalari: jadal o‘sish va xalqaro miqyosdagi e’tirof
Jamiyat | 17:00
Mavzuga oid

12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti poraxo‘rlikda ayblanmoqda

18:42 / 21.04.2025
Seulda erkak pestitsid purkagich yordamida 21 qavatli binoga o‘t qo‘ydi

16:11 / 20.04.2025
Janubiy Koreya Harbiy-havo kuchlari deyarli barcha parvozlarni to‘xtatdi

08:10 / 19.04.2025