Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezident Mun Je Inni poraxörlikda ayblamoqda, deb xabar berdi Reuters.

Jyeongju okrugi prokuraturasi bayonotiga köra, u korrupsiya ayblovi böyiça sud jarayoniga jalb etilgan.

Thai Eastar Jet kompaniyasiga asos solgan sobiq deputat Li Sang-Jik ham poraxörlik va işonçni suiiste’mol qilişda ayblangan.

Prokurorlarga köra, sobiq prezidentning kuyovi mazkur aviakompaniyada yuqori lavozimli işga joylaştirilgan. 2018–2020 yillarda u maoş va boşqa tölovlar körinişida 217 million von (151 ming dollardan ortiq) mablağ olgan. Prokurorlar bu mablağlar sobiq prezidentga pora sifatida berilgan deya hisoblamoqda.

«Prokurorlar Lining Kiçik va örta biznes va startaplar agentligi rahbari etib tayinlanişi Munning sobiq kuyovi 2018−2020 yillarda Li nazorat qilgan Tailand korporatsiyasida iş topib, maoş va yaşaş xarajatlarini olişi evaziga bölganmi yoki yöqligini tekşirib körgan», deyiladi bayonotda.

Prokurorlar Munning ayblov xulosasi uçun pretsedent sifatida sobiq prezidentlar Pak Kin He va Li Myon Bakka oid avvalgi poraxörlik işlarini misol qilib keltirdi. Ularning ikkalasi ham sudlanib, qamoqqa olingandi.

Qonun çiqaruvçi va Munning yaqin yordamçisi Yun Kun Yon ayblov Munni tegişliça tergov qilmasdan, «kulgili va asossiz» tarzda çiqarilganini ta’kidladi.

Lining kampaniyasi Munga qarşi ayblovni prokuratura tomonidan siyosiy qasos va oldingi ma’muriyatga qarşi repressiya deb atadi.

Mun Je In huquqşunos va fuqarolik huquqlari faoli bölib, 2017–2022 yillarda prezidentlik qilgan. U prezidentlikdan ketganidan keyin, tinç hayot keçirişni boşlagan, turmuş örtoği bilan ona qişloğida dehqonçilik va parrandaçilik bilan şuğullanib kelardi.

Juftlik öz yurtida kitob dökoni ham oçgandi.

Ma’lumot uçun, sönggi yigirma yil içida Janubiy Koreyaning bir qator rahbarlari öz vakolatlarini tugatgandan söng yoki lavozimini tark etgandan söng köpinça bahsli vaziyatlarga duç kelmoqda.