Janubiy Koreya Harbiy-havo kuçlari KA-1 yengil şturmovigi ikkita pulemyot konteyneri hamda böş yonilği baklarini tasodifan taşlab yuborganidan keyin özining deyarli barça havo kemalari parvozini töxtatib qöydi, deb xabar beradi Yonhap.

Harbiy-havo kuçlari (HHK) vakillarining sözlariga köra, mazkur voqeadan keyin 22 aprelga qadar parvozlarni çeklaşga qaror qilingan. Bunda faqat razvedka operatsiyalarini amalga oşiradigan yoki yuqori jangovar şay holat rejimida bölgan samolyotlar parvoz qilişi mumkin.

Qayd etilişiça, uşbu qadam AQŞ bilan hamkorlikda ötkazilayotgan Freedom Flag öq maşğulotlariga ta’sir körsatadi. HHK ştabi ma’lumotlariga köra, 2 mayga qadar davom etadigan manyovrlarga qariyb 1,1 ming harbiy xizmatçi va 90 ta samolyot, jumladan, Janubiy Koreyaning F-35A, F-15K va KF-16, Amerikaning F-16 va F35B qiruvçilari, şuningdek, MQ-1 va MQ-9 dronlari jalb etilgan.

Harbiy-havo kuçlari ştab boşliği general Li Yon Su 21 aprel kuni qömondonlar bilan kelajakda bu kabi holatlarning oldini olişi böyiça yiğiliş ötkazadi.

Yonhap’ning yozişiça, KA-1 şturmovigi ikkita pulemyot konteyneri va ikkita böş yonilği bakini 18 aprel kuni Pxyonçxanda ötkazilgan öquv maşğulotlari davomida yöqotib qöygan. Hodisa oqibatida heç kimga zarar yetmagan.

Konteynerlarni qidirişga HH-60 vertolyoti va 270 ga yaqin harbiy xizmatçi yönaltirilgan. Ular konteynerlarni Kanvondo provinsiyasidagi Yonvol uyezdidan topişga muvaffaq bölgan. Ular bilan birga pulemyot va 12,7 millimetr kalibrli 500 ta naryad ham tuşib ketgandi.

HHK fuqarolardan yuz bergan voqea uçun uzr söradi.

Mart oyida ikkita KF-16 qiruvçi samolyoti tasodifan Pxoçxon şahri atrofida sakkizta MK-82 bombalarini taşlab yuborgandi. Uçuvçining xatosi sabab sodir bölgan hodisa oqibatida 52 kişi jarohat olgan edi.