Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz eksporti 2030 yilda to‘rt barobar o‘sishi mumkin
«Gazprombank» iqtisodiy prognozlash markaziga ko‘ra, O‘zbekiston Rossiyadan gaz olish hajmini 3 milliarddan 12 milliard kub metrgacha oshirishi kutilmoqda.
Foto: TASS
Besh yil ichida «Gazprom» kompaniyasining Markaziy Osiyoga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi ikki barobardan ko‘proqqa oshadi. Kompaniya ilgari Yevropa bozoriga mo‘ljallangan hajmlarni qayerga yo‘naltirish yo‘nalishlarini izlamoqda, deb yozdi «Vedomosti» nashri «Gazprombank» iqtisodiy prognozlash markazi ma’lumotlariga tayanib.
Ta’kidlanishicha, ehtimoliy ta’minot hajmi 19-20 milliard kub metrga baholanmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, 2030 yilga borib, «Gazprom» kompaniyasining O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga eksporti 2,1-2,2 barobarga o‘sishi mumkin. Asosiy o‘sishni importni 3 milliarddan 12 milliard kub metrgacha oshiradigan O‘zbekiston ta’minlashi kerak. Ta’kidlanishicha, mamlakatda qazib olish hajmi kamaymoqda.
Qozog‘istonda gaz ta’minoti bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘lishi noma’lum. Xitoyning «shubhalariga» qaramay, Ostona Rossiyadan Qozog‘iston orqali Xitoyga gaz quvuri loyihasini amalga oshirishga umid qilmoqda. U mamlakatning shimoli-sharqini gazlashtirish imkonini beradi va yangi gaz quvuri yiliga qo‘shimcha 10 milliard kub metr gaz yetkazishni ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, sanksiyalar tufayli Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi Yevropaga eksportni taxminan besh barobarga qisqartirgan. Shu bilan birga, kompaniya «Sila Sibiri 2» gaz quvurini ishga tushirgan taqdirda ham barcha hajmlarni Xitoyga yo‘naltira olmaydi.
Mavzuga oid
14:26 / 29.04.2026
Dunyoni ikki lagerga bo‘lgan Cherchill – “Sovuq urush” davri qanday boshlangandi?
21:03 / 28.04.2026
Rossiyada migrantlar uchun davlat bojlari 12 barobar oshishi kutilmoqda
20:54 / 28.04.2026
Zelenskiy Isroilni o‘g‘irlangan donni sotib olishda aybladi
19:32 / 28.04.2026