09:28 / 04.09.2018
135394

O‘zbekistonda tilanchilik bilan shug‘ullanganlar jamoat ishlariga yuboriladi yoki qamoqqa olinadi

Foto: LiveJournal

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonun loyihasi joylashtirildi.

Jinoyat kodeksining 127-moddasiga quyidagi 1-qismni kiritish taklif qilinmoqda:

Aeroport, vokzal, park, dam olish maskanlari, bozorlar va savdo majmualari hududlari, shuningdek, ularga tutash hududlar, avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari, bekatlar, avtotransport vositalari o‘tadigan yo‘lning qatnov qismlari, madaniy va ma'naviy meros obektlari joylashgan hududlar, barcha turdagi jamoat transportlari va boshqa jamoat joylarida, ya'ni faol tarzda pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklarni so‘raydiganlar, xuddi shunday ish uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng amalga oshirilsa, - 

360 soatgacha jamoat ishlariga jalb qilish yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Xuddi shunday harakatlar voyaga yetmagan shaxs ishtirokida yoki undan foydalangan holda, shuningdek, yoshi keksa, ruhiy xasta, nogironligi bor shaxslar, o‘zini nogiron qilib ko‘rsatgan odamlar, yoki majburan narkotik va psixotrop moddalar, alkogol mahsulotlari iste'mol qilgan, lekin aqliy faoliyatiga putur yetmagan shaxslar tomonidan xuddi shunday ish uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng sodir etilsa, - 

360 soatdan 480 soatgacha jamoat ishlariga jalb qilish yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Agar ushbu harakatlar:
a) takroran, bir guruh shaxslar tomonidan avvaldan til biriktirib yoki xavfli retsidivist tomonidan takroran sodir etilsa 
b) bir guruh shaxslar tomonidan avvaldan til biriktirib sodir etilsa;
v) majburan narkotik yoki psixotrop moddalarni qabul qilinishi ta'sirida sodir etilsa;
g) zo‘ravonlik yoki zo‘ravonlik bilan tahdid qilish orqali amalga oshirilsa,
5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188-moddasiga quyidagi 3-qism kiritilishi mumkin:

Aeroport, vokzal, park, dam olish maskanlari, bozorlar va savdo majmualari hududlari, shuningdek, ularga tutash hududlar, avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari, bekatlar, avtotransport vositalari o‘tadigan yo‘lning qatnov qismlari, madaniy va ma'naviy meros obektlari joylashgan hududlar, barcha turdagi jamoat transportlari va boshqa jamoat joylarida, ya'ni faol tarzda pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklarni so‘raydiganlar, xuddi shunday ish uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng amalga oshirilsa, - 

eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarimaga tortish yoki 5 sutkagacha ma'muriy qamoq bilan jazolanadi.

Xuddi shunday harakatlar voyaga yetmagan shaxs ishtirokida yoki undan foydalangan holda, shuningdek, yoshi keksa, ruhiy xasta, nogironligi bor shaxslar, o‘zini nogiron qilib ko‘rsatgan odamlar, yoki majburan narkotik va psixotrop moddalar, alkogol mahsulotlari iste'mol qilgan, lekin aqliy faoliyatiga putur yetmagan shaxslar tomonidan xuddi shunday ish uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng sodir etilsa, - 

eng kam ish haqining 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarimaga tortish yoki 5 sutkadan 10 sutkagacha ma'muriy qamoq bilan jazolanadi.

Spirtli ichimliklarni, narkotik yoki psixotrop bo‘lmagan, lekin intellektual-ruhiy faoliyatga ta'sir ko‘rsatadigan moddalar yoki vositalarni iste'mol qilishga majburlash bilan begona kishilarni tilanchilikka jalb qilish yoki ulardan foydalanish, -

eng kam ish haqining 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarimaga tortish yoki 10 sutkadan 15 sutkagacha ma'muriy qamoq bilan jazolanadi.

Top