22:49 / 16.10.2018
28062

Foto: Toshkentda qor yog‘di

Bugun, 16 oktabr kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida qor yog‘di.

«Kun.uz» fotomuxbiri Toshkentdagi birinchi qor manzaralarini obektivga muhrladi.

7 oktabr kuni O‘zbekistonda ilk qor yoqqan, Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi tog‘li hududlarda, Qamchiq va Taxti Qoracha dovonlarida qor yog‘ishi kuzatilgan edi.

15 oktabr kuni O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiga Uraldan sovuq havo oqimlari kirib keldi. «​O‘zgidromet»​ markazining ma'lumotiga ko‘ra, sovuq havo oqimlari respublikamiz hududida uzoq hukmronlik qilmaydi, keyingi haftada havo harorati iliy boshlaydi.

Mavzuga oid
Top