Poytaxtda ob-havo keskin özgarib, qor yoğişi kuzatilmoqda. Şu sababli yöl harakati iştirokçilaridan transport vositasini boşqarişda murakkab ob-havo şaroitini hisobga oliş söralmoqda.

«Toşşahartransxizmat» AJ axborot xizmati zarurat bölmaganda şaxsiy avtomobillarda, ayniqsa qişga möljallangan şinalarga ega bölmagan transport vositalarida harakatlanmaslikni, tezlik talablariga qat’iy amal qilişni hamda tirbandliklar oldini oliş maqsadida jamoat transportlaridan foydalanişni tavsiya etdi. Piyodalardan esa yölni kesib ötişda öta huşyor böliş söraldi.

Şuningdek, noqulay ob-havo şaroiti sabab ayrim avtobus yönalişlarida qatnov va oraliq interval vaqtlarining belgilangan vaqtlardan ortişi holatlari yuzaga kelişi mumkinligi ma’lum qilindi.