O‘zbekiston | 14:37 / 13.04.2018
15125
2 daqiqa o‘qiladi

Gulistonda yangi bolalar bog‘chasi ish boshladi

O‘zbekiston respublikasi prezidenti tomonidan «Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining qabul qilinishi davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirishda muhim omil bo‘lmoqda. 

Xususan, Sirdaryo viloyatida ham bu borada sezilarli ishlar amalga oshirilib, 105ta loyiha manzilli ro‘yxati shakllantirilgan. Guliston shahar Istiqlol mahallasida qurib foydalanishga topshirilgan 1-sonli “Sevinch” nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ana shu loyihalar jumlasiga kiradi. Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi 130 o‘ringa mo‘ljallangan. Bu haqda Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati

Mazkur maktabgacha ta'lim muassasasining 6ta guruhida ingliz, rus va koreys tillarida mashg‘ulotlar olib boriladi. 

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati

Bolalar bog‘chasida qisqa muddatli guruhlardan tortib 24 soatlik guruhlargacha bo‘lgan 3 smenali faoliyat yo‘lga qo‘yilgan. Ota-onalar badal to‘lovi miqdori esa 300 000 so‘mdan 1 200 000 so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ni tashkil etmoqda.

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati
Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrifi doirasida Guliston shahridagi 1-sonli “Sevinch” nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida ham bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga oid