Toşkent viloyatidagi boğçalarda kuzatilgan ommaviy zaharlanişga oid jinoyat işi tergovi doirasida 7 kişiga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Qölga olinganlarning 3 nafari – zaharlanişga sabab bölgani aytilayotgan oziq-ovqat işlab çiqaruvçi korxona mansabdorlari. Yana 4 kişi boğçalarga oziq-ovqat yetkazib beruvçi autsorser firmalar mansabdorlari hisoblanadi.

Jinoyat işi tergovi viloyat IIBBdan Içki işlar vazirligiga ötkazilgan.

Avvalroq Sanepid bergan ma’lumotga köra, ötkir gastroenterit taşxisi qöyilgan boğça tarbiyalanuvçilari soni 963 nafar bölib, hozirgaça ulardan 269 nafari soğaygan, yana 421 nafariga tuzalgani uçun bugun, 27 sentabrda şifoxonadan uyiga javob berilişi kutilyapti. 13 bola örtaça oğir ahvolda qolmoqda.