Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya tashkil etiladi
Prezidentning “Xotin-qizlar va bolalar huquqlarining kafolatlarini ta'minlash, qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar sodir etilishining barvaqt oldini olish, ular huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta'minlash, voyaga yetmaganlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish maqsadida Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi hamda uning hududiy idoralararo komissiyalari Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya va uning hududiy komissiyalari etib qayta tashkil qilinadi.
Quyidagilar Milliy komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
- voyaga yetmaganlar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash;
- voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha davlat dasturlari
- va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishni tashkillashtirish, shuningdek ular ijrosini nazorat qilish;
- davlat organlari va tashkilotlarning ushbu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
- voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha tizimli kamchiliklar sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish, ko‘rilayotgan choralarni baholash hamda ularni huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish yo‘li bilan bartaraf etish;
- qarorlarni bolaning eng ustun manfaatidan kelib chiqib qabul qilish;
- ma'lumotlar to‘plash, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish hamda tegishli organlar va muassasalar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ulardan foydalanish;
- ushbu sohada fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish.
Belgilanishicha, Bola huquqlari bo‘yicha vakil Milliy komissiyaning raisi hisoblanadi.
Mavzuga oid
13:24 / 15.03.2025
O‘zbekiston va Finlandiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
12:30 / 26.10.2024
Kinematografiya milliy komissiyasining vazifalari belgilandi
13:30 / 09.10.2024
Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish davlat komissiyasi vakolatlari belgilandi
18:00 / 02.09.2024