Hujjat bilan Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qiliş böyiça Davlat komissiyasi töğrisidagi nizom tasdiqlanmoqda

Boş vazir Davlat komissiyasi raisi hisoblanadi. Davlat komissiyasini muvofiqlaştiruvçi organi – Prezident Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qiliş milliy markazi.

Davlat komissiyasi quyidagi yönalişlar böyiça qaror qabul qilişda vakolatli hisoblanadi:

  • yangi paydo bölayotgan giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi va suiiste’molining barvaqt oldini oliş maqsadida vaqtinçalik taqiq yoki çeklov (moratoriy) joriy etiş;
  • zarur hollarda giyohvandlik vositalari muomalasi ustidan nazoratni ta’minlaş va hududlarda narkovaziyatni soğlomlaştiriş böyiça qisqa muddatli dasturlarni tasdiqlaş;
  • mutasaddi davlat organlari va taşkilotlari hamda hududiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlaştiriş;
  • giyohvandlik vositalari muomalasiga oid ilmiy tadqiqotlarni qöllab- quvvatlaş;
  • giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini oliş borasidagi vazifa va topşiriqlar ijrosini ta’minlaşda mas’uliyatsizlikka yöl qöygan davlat organlari va taşkilotlar rahbarlariga nisbatan tegişli çora köriş.

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qiliş böyiça hududiy komissiya töğrisidagi namunaviy nizom tasdiqlanmoqda. Hududiy komissiyalarda tegişliça Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari raislik qiladi.