Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
18 avgust kuni «Shabada» kafesida «Yosh tadbirkor» ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Tadbirda «Studio» va «Shabada» kabi mashhur kafelar asoschisi Sarvar Karatayev barcha davrlarga mo‘ljallangan va modadan chiqib ketmaydigan muassasani ochish haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, umumiy ovqatlanish sohasidagi muvaffaqiyatli biznesga qanday omillar ta'siri qilish va ish hamda shaxsiy hayot o‘rtasida vaqtni qanday taqsimlash haqida hikoya qilindi.
LATMEDIA internet-agentligi hamasoschisi Dmitriy Seredin esa Facebook ijtimoiy tarmog‘ida sotuvlarni oshirish uchun 5 ta reklama fishkasi haqida to‘xtaldi.
Tadbir tashkilotchisi: LATMEDIA kompaniyasi.
Tadbir sheriklari sifatida Hi – Tech Bank, Yapona Mama, Binokor Loyiha Sifat, RA Production, Ziynat Design, Granat Studio, RC Cola kabi kompaniyalar ishtirok etishdi.
Bosh axborot hamkori: UzNews yangiliklar agentligi.
Yosh tadbirkor – bu noyob maydoncha bo‘lib, u yerda o‘z bizneslarini boshlayotgan haqiqiy tadbirkorlar va tajribali biznesmenlar uchrashishi mumkin. Tajriba bilan o‘rtoqlashishadi, bir-birlariga ko‘mak berishga harakat qilishadi va faqat amaliyot uchun chiqish qilishadi.
Klub tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda har bir yosh tadbirkor yangi tanishlar orttirishi va tengdosh-hamkasblarining qo‘llab-quvvatlovini olishi, shuningdek, muvaffaqiyatli tadbirkorlardan aynan MAHALLIY tajriba egallashi, ularga tegishli savollar berishi va shaxsan muloqotda bo‘lishi mumkin.
Loyiha maqsadi: O‘zbekistonda tadbirkorlik rivojiga o‘zining kichik hissasini qo‘shish, bizning mahalliy tajribamizni o‘rganish va qo‘llash, foydali aloqalarga ega bo‘lish, bir-birimizga yordam berish va O‘zbekistondagi eng kuchli biznes hamjamiyatni yig‘ish.
Batafsil ma'lumot bu yerda - fb.com/youngmoneytashkent
TADBIR BADAL PULLARINI TALAB QILMAYDI VA BeG‘ARAZ ASOSDA O‘TKAZILMOQDA.
Reklama huquqi asosida.
Mavzuga oid
20:57 / 03.04.2026
Qarzini uzolmasdan bankrot bo‘layotgan firmalarga oyoqqa turib olishida yordam beriladi
16:23 / 17.03.2026
Tadbirkorning “belini sindirish” - Toshkentda peshlavhalar bilan nima bo‘lyapti?
14:12 / 07.03.2026
Toshkentda yuzdan ortiq quvvat-stansiya tarmoqdan uzildi. Muammo nimada?
18:03 / 06.03.2026