Toşkent şahrida boşlangan taftiş doirasida hozirgaça yuzdan ortiq elektromobillarni quvvatlaş stansiyalari elektr tarmoğidan uzib qöyildi.

Kun.uz bu masala yuzasidan tadbirkorlar va hukumat vakillarining izohlarini taqdim etadi.

Umuman olganda, vaziyatni quyidagiça ta’riflaş mumkin:

Elektromobil quvvatlaş stansiyalarini örnatgan aksar tadbirkorlar hududiy elektr tarmoqlari bilan bevosita şartnomaga ega emas, ular HETK bilan şartnomaga ega birlamçi iste’molçilar (yuridik şaxslar)ning transformatoriga ulangan va şu sabab subiste’molçi hisoblanadi.

Tadbirkorlar örtasidagi bunday şartnomaviy munosabatlar noqonuniy emas (har holda, hozirgaça heç qaysi idora buni noqonuniy demadi). Şunday bölsa-da, rasmiylar bunday ulanişni “notöğri” demoqda: hisobga olinmagan yuklama tarmoqda muammolarni keltirib çiqarişi mumkin. Bunga javoban stansiyalar egalari birlamçi iste’molçiga berilgan texnik şartda körsatilgan quvvatdan çetga çiqmayotganini aytmoqda.

Şunisi e’tiborliki, quvvatlaş stansiyalarini örnatiş, elektr tarmoğiga ulaş va şu kabi boşqa masalalarning qonuniy tartibini belgilaş topşiriği 2022 yilgi prezident farmonida körsatilganiga qaramay, bu topşiriq haligaça bajarilmagan.

Hokimlik: Texnik şartlarsiz ulangan stansiyalar – tarmoqqa ortiqça yuk

Toşkent şahar hokimligining 5 mart kungi bayonotiga köra, şaharda 20 kWdan yuqori quvvatli 1300 ga yaqin tezkor quvvatlantiriş qurilmasi örnatilgan bölib, ötkazilayotgan xatlovdan maqsad – “ulanişlarni tartibga soliş va aholi uçun xavf-xatarlarni kamaytiriş”dan iborat.

“Şahar hokimligi taşabbusi bilan 3 mart kuni 12 ta işçi guruh tuzilib, ular xatlov işlarini boşladi. Bugungi kunga qadar 300 dan ortiq şoxobça xatlovdan ötkazildi, bu esa ulanişlar holatini va tarmoqqa tuşayotgan amaldagi yuklamani baholaş imkonini bermoqda.

Xatlov davomida ayrim qoidabuzarliklar aniqlandi: 101 ta şoxobça zarur hujjatlari yöqligi sababli vaqtinça tarmoqdan uzildi, şuningdek, 62 ta şoxobçaning elektr ta’minoti korxonalari bilan şartnomasi mavjud emasligi ma’lum böldi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlanişiça, quvvati 20 kWdan yuqori tezkor quvvatlantiriş – bu elektr tarmoqlari uçun jiddiy yuklamadir: bitta avtomobil qisqa vaqt içida önlab kW energiya iste’mol qilişi mumkin.