Jahon | 21:57 / 14.09.2017
7500
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Nigeriyada eng katta gidroelektrostansiya quradi

Foto:cnn.com

Nigeriya hukumati Xitoy bilan birga mamlakatdagi eng katta gidroelektrostansiyani qurishga kelishib oldi. Loyiha qiymati 5,8 mlrd dollarni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda CNN telekanali. 

Ma'lum qilinishicha, quvvati 3050 MVt ga baholanayotgan bu GES Xitoyning davlat qurilish firmalari konsorsiumi tomondan barpo etiladi.

“Megaloyihada balandligi 50 metrdan 150 metrgacha bo‘ladigan to‘rtta to‘g‘on bo‘ladi. Uni yakunlashga 6 yil kerak bo‘ladi”, deb aytgan Nigeriya energetika vaziri Babatunde Fashola.

Ma'lum qilinishicha, Xitoyning Export-Import Bank’i loyihaning 85 foizini, qolgan 15 foiz qismini Nigeriya moliyalashtiradi.

Mavzuga oid