Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi portlashda chet el fuqarosi halok bo‘lgan
Foto: KUN.UZ
Shahrixon tumanidagi xususiy shifoxonada gaz portlashi oqibatida Qirg‘iziston fuqarosi halok bo‘lgan. Bu haqda Qirg‘iziston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, portlash oqibatida 56 yoshli Qirg‘iziston fuqarosi R.N. (ayol) halok bo‘lgan. Uning jasadi yaqin qarindoshlari tomonidan Qirg‘izistonga yetkazilgan.
11 fevral kuni soat 11:30 da «Ziteriya» MChJ Diagnostika va davolash maskanining 1-qavatida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgani, buning oqibatida 1 kishi vafot etgani va 11 nafar fuqaro tan jarohati olganligi xabar qilingan edi.
Hozirda mazkur xususiy diagnostika va davolash maskanida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
12:07 / 06.01.2026
Kiyevda harbiy xizmatchining avtomobili portlatildi: gumonlanuvchi bir necha soatda topildi
12:23 / 03.01.2026
Karakas janubida elektr uzildi: shaharda portlash ovozlari
17:35 / 01.01.2026
Shveytsariyadagi kurortda portlash: o‘nlab insonlar vafot etgani aytilmoqda
17:24 / 01.01.2026