Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karakas janubida elektr uzildi: shaharda portlash ovozlari
2026 yil 3 yanvarga o‘tar kechasi Venesuela poytaxti Karakasda kamida yettita portlash ovozi eshitilgani va pastdan uchgan samolyotlar shovqini kuzatilgani xabar qilindi. Guvohlar shaharning janubiy qismi, katta harbiy baza yaqinida elektr ta’minoti uzilganini aytmoqda. Hukumat hozircha rasmiy izoh bermadi.
Foto: AP
Associated Press ma’lumotiga ko‘ra, portlashlar mahalliy vaqt bilan taxminan tungi soat 2:00 lar atrofida eshitilgan. Bir qator mavzelarda odamlar xavotirga tushib, ko‘chaga chiqqan — portlashlar turli nuqtalardan ham eshitilgani aytilmoqda.
Reuters esa guvohlarga tayanib, Karakasning janubiy qismida, yirik harbiy baza joylashgan hudud yaqinida elektr energiyasi o‘chgani haqida yozdi. Ovozlar va o‘chishning sababi aniq aytilmagan.
Hodisa bo‘yicha Venesuela hukumatining tezkor bayonoti e’lon qilinmagan. AP’ga ko‘ra, rasmiylar jurnalistlar so‘roviga darhol javob bermagan.
Hozirgi portlashlar bo‘yicha AQShning rasman aviazarba bergani tasdiqlangan ma’lumot yo‘q. Biroq so‘nggi haftalarda AQSh–Venesuela keskinligi oshgani tilga olinmoqda.
Xususan, Reuters 2025 yil 29 dekabrda Donald Tramp AQSh Venesuelada “narkotik yuklanadigan hudud”ga zarba berganini aytganini xabar qilgan. Bu bayonot Venesuela hududida AQSh tomonidan amalga oshirilgan ehtimoliy operatsiyalar haqidagi bahslarni kuchaytirgan, ammo Karakasdagi hozirgi portlashlar bilan bog‘liqligi rasman isbotlanmagan.
The Guardian ham 2026 yil 2 yanvardagi maqolasida Maduro Trampni “keskinlikni kuchaytirish”da ayblagani va “jiddiy muzokaralar”ga chaqirganini yozgan (matnda Venesuela atrofidagi xavfsizlik muhiti keskin ekani ta’kidlanadi).
Endi rasmiylar portlashlar tabiati (texnik avariya, havo mudofaasi mashg‘uloti, diversiya yoki boshqa holat) haqida bayonot berishi, elektr uzilishi sabablari va qay hududlar qamrab olingani oydinlashishi, xalqaro OAV va mahalliy idoralardan qo‘shimcha dalillar (video, foto, rasmiy bayonotlar) paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
23:26 / 03.01.2026
Neft, takroriy hujum va siyosatchilarga ogohlantirish. Tramp matbuot anjumanida nimalar haqida gapirdi
22:45 / 03.01.2026
Tramp: “Biz Venesuela xalqini boy qilamiz”
22:23 / 03.01.2026
“AQSh Venesuelani boshqaradi” – Tramp
21:53 / 03.01.2026