Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi portlashda bir kishi halok bo‘ldi
Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi tibbiyot markazida ro‘y bergan portlash oqibatida bir kishi voqea joyida vafot etgan, to‘rt kishi turli darajada tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga joylashtirilgan.
Foto: Kun.uz
Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi diagnostika va davolash maskanida ro‘y bergan portlash oqibatida bir nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, to‘rt nafari turli darajada tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga joylashtirilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, 11 fevral kuni soat 11:30 da «Ziteriya» MChJ Diagnostika va davolash maskanining 1-qavatida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Yuzaga kelgan kinetik zarba natijasida bino devorlariga shikast yetgan.
Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Shuningdek, hodisa joyiga FVV rahbariyati, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli xizmat xodimlari yetib borgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bundan oldinroq ushbu hodisa oqibatida 7 kishi jarohatlangani aytilgandi.
Mavzuga oid
08:01 / 27.04.2026
Andijonda attraksion quladi: kamida 7 kishi jarohatlangan
08:43 / 22.04.2026
Andijonda bank mansabdori 40 ming dollar pora bilan ushlandi
19:47 / 18.04.2026
Rossiyada chiqindi yuklash paytida yuz bergan portlash oqibatida o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi
09:27 / 07.04.2026