O‘zbekiston | 17:46 / 23.04.2018
4187
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“O‘zsanoatqurilishbank” Thomson Reuters kompaniyasi tomonidan FX  Trading sohasidagi eng faol bank deb topildi

Joriy yil 19 aprel kuni mamlakatimizda banklararo bozorining rivojlanishi doirasida Thomson Reuters kompaniyasi tomonidan “Liberalizatsiya: O‘zbekiston Respublikasi moliya bozori ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida ichki pul va valyuta bozorlariga bag‘ishlangan konferensiyasi o‘tkazildi.

Mazkur konferensiyada ATB “O‘zsanoatqurilishbank” “O‘zbekistonda FX  Trading sohasidagi eng faol bank” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

Thomson Reuters kompaniyasining mazkur platformalari “O‘zsanoatqurilishbank” tizimida respublika banklari orasida birinchilardan bo‘lib 1999 yil joriy qilingan.

ATB “O‘zsanoatqurilishbank” respublika moliya tizimining asosiy ishtirokchilaridan biri sifatida jahon moliya bozorida ishonchli hamkor maqomini saqlab kelmoqda.

Hozirgi kunda bank o‘z mijozlari va hamkor banklarga diling amaliyotlari sohasida quyidagi keng miqyosdagi xizmatlarni taqdim qilib kelmoqda:

- Bank va mijozlarning valyuta mablag‘larini depozitlarga jalb qilish va joylashtirish;

- USD, EUR, JPY, GBP, RUB, CHF singari dunyoning asosiy valyutalari bilan SPOT, FORVARD, FYuCheRS, OPTsION, SVOP kabi operatsiyalarini amalga oshirish;

- Jahonning asosiy valyutalari bilan banknot operatsiyalarini amalga oshirish (Banknotes Trading);

- Jahon bozorlaridagi moliyaviy tebranishlar, valyuta kurslarining o‘zgarishlari tendensiyalari, tovar va xizmatlarning joriy narxlari haqida tezkor va aniq axborot berish;

“O‘zsanoatqurilishbank” tizimida barcha diling amaliyotlari Buyuk Britaniyaning Thomson Reuters kompaniyasi platformalarida amalga oshiriladi.

Mavzuga oid