Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Buyuk Britaniya bilan soliq sohasi bo‘yicha muhim hujjatni imzoladi
Foto: Gov.uz
2018 yilning 24 yanvar kuni Londonda O‘zbekiston Respublikasi hukumati hamda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi hukumati o‘rtasida 1993 yil 15 noyabrdagi ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va kapital qiymati o‘sishiga soliqlarni to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to‘g‘risida Konventsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Britaniya tomonidan hujjat moliya vazirining o‘rinbosari, Buyuk Britaniya Qirolligi Soliq va bojxona xizmati rahbari Mel Strayd tomonidan imzolandi. O‘zbekiston tomonidan - O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari, G‘aznachilik boshlig‘i Dilshod Sattorov.
Bayonnoma bilan Konventsiyaga soliq shaffofligi xalqaro me'yorlarga muvofiq yangi qoidalar kiritildi. Hujjat ikki davlat soliq xizmatlari o‘rtasida soliq to‘lashdan bosh tortish va boshqa moliyaviy buzilishlar oldini olish bo‘yicha axborot almashishning samarali mexanizmlarini kengaytirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, xalqaro shartnoma savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohada O‘zbekiston-Britaniya hamkorligini mustahkamlashga yordam beradi.
Mavzuga oid
16:49 / 19.02.2026
Britaniyada sobiq shahzoda Endryu hibsga olindi
10:17 / 13.02.2026
Buyuk Britaniyada “O‘zbek madaniyati elchisi” tayinlandi
14:21 / 12.02.2026
PURL: London Kiyev uchun AQSh qurollariga 150 mln funt ajratadi
15:29 / 10.02.2026