Britaniya politsiyasi qirol Çarlz III ukasi - sobiq şahzoda Endryu Mauntbetten-Vindzorni qölga oldi.

BBC xabariga köra, politsiya bayonotida hibsga olingan şaxsning ismi keltirilmagan, biroq «jamoatçilikning katta qiziqişi» tufayli yangiliklar bölişi bilan e’lon qilinişi aytilgan.

«Suriştiruv doirasida bugun [19 fevral] norfolklik oltmiş yoşlardagi erkakni xizmat mavqeini suiiste’mol qilişda gumon qilib hibsga oldik va Byorkşir hamda Norfolk manzillarida tintuv ötkazmoqdamiz. Hozir erkak hibsda saqlanmoqda», deyiladi politsiya xabarida.

Endryu Mauntbetten-Vindzor - Buyuk Britaniya qiroli Çarlz III ukasi, u 66 yoşda. Sönggi paytlarda uning ismi odam savdosida ayblangan amerikalik moliyaçi Jyeffri Epşteynning fayllarida paydo bölgani sababli uning atrofida mojaro avj olmoqda.

Epşteynning qurbonlaridan biri, amerikalik Virjiniya Juffrening aytişiça, moliyaçi uni özining nufuzli tanişlari, jumladan Endryuga «qarzga bergan». Uning sözlariga köra, u 2001 yilda 17 yoşida Endryu bilan uç marta yaqin aloqada bölgan.

AQŞ Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan fayllardan ma’lum bölişiça, Endryu moliyaçi Epşteyn bilan muntazam ravişda yozişib turgan va u bilan ehtimoliy biznes bitimlari, dunyoviy uçraşuvlar, şuningdek, ayollarni muhokama qilgan. Bundan taşqari, fayllarda Endryu yerda yotgan ayolning ustida tiz çökib ötirgan fotosuratlar ham bor edi.

2025 yil oktabr oyida Bakinghem saroyi şahzoda Endryuni barça unvonlaridan mahrum etdi va Vindzordagi Royal Lodge saroyini tark etişini e’lon qildi. Fevral oyida Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer Endryu Mauntbetten-Vindzorni AQŞ kongressiga Jyeffri Epşteyn işi böyiça körsatma berişga çaqirgan edi.