Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
PURL: London Kiyev uchun AQSh qurollariga 150 mln funt ajratadi
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili London Ukraina uchun AQShdan qurol-yarog‘ xarid qilishga 150 mln funt sterling ajratishini PURL dasturi doirasida e’lon qildi. U Kiyev uchun havo mudofaasi vositalarini sotib olish muhimligini ta’kidladi.
Buyuk Britaniya PURL (Prioritised Ukraine Requiremens List — “Ukraina uchun ustuvor ehtiyojlar ro‘yxati”) dasturi doirasida Ukraina uchun AQSh qurol-yarog‘ini sotib olishga 150 mln funt sterling (172 mln yevro) ajratadi. Bu haqda Qirollik mudofaa vaziri Jon Xili ma’lum qildi, deb 11 fevral, chorshanba kuni Politico onlayn-nashri va Reuters agentligi xabar berdi.
“Men Buyuk Britaniya PURL tashabbusi uchun 150 mln funt sterling ajratayotganini tasdiqlashdan mamnunman, — deya vazirdan iqtibos keltiradi Politico. — Biz birgalikda Ukrainaga Putinning qattiq bosimiga qarshi tura olishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy ahamiyatga ega havo mudofaasi vositalarini ta’minlashimiz kerak”.
Bir kun oldin, 10 fevralda AQShning NATO huzuridagi doimiy vakili Mettyu Uitaker onlayn-brifingda AQSh yaqinlashib kelayotgan NATO mudofaa vazirlari uchrashuvida Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo davlatlar PURL tashabbusi doirasida Ukraina uchun qurol-yarog‘ xarid qilish bo‘yicha yangi majburiyatlar olishini kutmoqda, deb bildirdi.
Bu dastur 2025 yil yozida AQSh prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan. U NATO tomonidan muvofiqlashtiriladi. Ukraina rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilda PURL dasturiga kiritilgan mablag‘lar summasi 4,3 mlrd dollarni tashkil etgan, shundan dekabr oyida — qariyb 1,5 mlrd dollar.
Politico hisob-kitobiga ko‘ra, 2025 yilda Ukraina ittifoqchilari PURL dasturiga 5 mlrd yevro ajratgan. Fevral oyi boshida NATO bosh kotibi Mark Ryutte 2026 yilda alyans a’zolari bu maqsadlar uchun yana 15 mlrd yevro to‘play olishiga “mutlaq ishonch” bildirgan.
NATO mudofaa vazirlarining uchrashuvi 12 fevral kuni Bryusselda o‘tadi. Unda alyansga a’zo 32 davlat mudofaa idoralari rahbarlari, shuningdek Ukraina mudofaa vaziri Mixail Fedorov ishtirok etishi kutilmoqda.
Reuters manbalari qayd etishicha, uchrashuvda Ukraina uchun AQSh qurollarini xarid qilishdan tashqari, Yevropa davlatlarining o‘z xavfsizligini ta’minlashda yanada faolroq rol o‘ynashi masalasi ham muhokama qilinadi.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
21:31 / 26.06.2026