Buyuk Britaniya Qirollik harbiy-dengiz floti Rossiyaning “yaşirin floti”ga aloqador kemalarni aniqlaş va ehtimol qölga oliş uçun pilotsiz katerlarni işga solişni rejalaştirmoqda. Bu haqda The Sunday Times onlayn naşri suriştiruvdagi ma’lumotlarga tayanib, yakşanba, 8 fevral kuni xabar berilgan.
Jurnalistlar ma’lumotiga köra, sönggi haftalarda Britaniya floti mamlakatning şarqiy sohilida RF “yaşirin floti” masalalari böyiça qömondonlik markazi taşkil etiş taklifini tayyorlagan. Rejaga köra, Geytsxedda joylaşgan va harbiy-dengiz rezervi foydalanadigan HMS Calliope öquv markazi şunday bazaga aylantiriladi. U yerdan masofadan turib boşqariladigan katerlar flotiliyasi Şimoliy dengizga, hatto La-Manşga ham yöl olişi mumkin. Naşr yozişiça, ayni paytda bunday katerlar xarid qilinmoqda. “Tuzilişi jihatidan ular Şotlandiya sohillari yaqinida sinovdan ötkazilgan yetti metrlik Rattler katerlariga öxşaş böladi”, — deb yozadi The Sunday Times.
Maqolaga köra, 2022 yil boşidan buyon Rossiya La-Manş orqali 550 mln tonna (taxminan 4 mlrd barrel) neft taşişga ulgurgan, uning qiymati 239 mlrd funt sterling (275 mlrd yevro)ga teng. Bu ma’lumotlar Helsinkida joylaşgan, Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumi davrida neft yetkazib berişlarning har birini qayd qilib borgan CREA (Energiya va toza havoni tadqiq qiliş markazi) tahliliga asoslangan.
Uşbu tahlilga köra, sönggi tört yilda Rossiya neftini taşigan kemalar Duvr böğozi orqali 9584 ta reys amalga oşirgan. Şu bilan birga, “yaşirin” tankerlar soni yildan yilga ortib borgan: 2022 yilda 958 ta kema, 2023 yilda 2919, 2024 yilda 2987 ta qayd etilgan. Biroq 2025 yilda ular soni biroz kamroq bölib, 2720 tani taşkil etgan.
The Sunday Times yozişiça, Rossiya Ukrainadagi uruş sabab joriy etilgan ğarb sanksiyalarini aylanib ötiş uçun özining “yaşirin floti”dan foydalanadi. Köpinça gap mulkdorlik tuzilmasi şaffof bölmagan, ekipajlari yetarliça tayyorlanmagan va suğurtasi minimal bölgan kemalar haqida ketadi. Bunday tankerlar köp hollarda transponderni öçirib yuradi, bu esa ularning joylaşuvini sun’iy yöldoş orqali kuzatişni qiyinlaştiradi; şu sabab ular dengiz qonunçiligini tez-tez buzadi.
Mualliflar ta’kidlaşiça, Britaniya va YeIdagi ittifoqçilar Rossiya “yaşirin floti”ga qarşi çora körişga qaror qilgan — sanksiyalar samaradorligi past bölayotgani fonida. Xususan, London bu masalada yanada “agressiv” qadamlarga 7 yanvar kuni AQŞ kuçlari bilan birga Marinera tankerini qölga olgandan keyin qaror qilgani aytilgan. 22 yanvar kuni esa Britaniya Fransiya bilan hamkorlikda Örta Yer dengizida RFning “soya floti”ga tegişli bölişi mumkin bölgan ikkinçi tanker — Grinç'ni ham qölga olgan.

















