Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda ta'lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 12,9 foizga o‘sdi
Foto: iStock
Open Doors xalqaro ta'lim tashkiloti hisoboti ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda Qo‘shma Shtatlardagi xorijiy talabalar soni bir milliondan oshib, 1,5 foizga ko‘paydi hamda 1,94 millionlik yangi maksimumga yetdi.
AQShda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni o‘tgan yilga nisbatan 12,9 foizga oshib, 570 nafarni tashkil qildi. Ularning deyarli 50 foizi bakalavr darajasini olish bo‘yicha dasturlarda, qolganlari magistr darajasi uchun yoki darajasiz, til o‘rganish kabi yo‘nalishlarda ta'lim oladi.
Xalqaro ta'lim instituti (IEE) va AQSh Davlat departamentining Ta'lim hamda madaniyat masalalari byurosi (ECA) tomonidan 13 noyabrda e'lon qilingan 2018 yilgi Open Doors hisoboti xalqaro ta'limning AQSh oliy ta'lim tizimiga ta'siri, 2017 yilda Qo‘shma Shtatlardagi chet ellik talabalar soni va yo‘nalishlari tahlili, shuningdek, 2016/17 yillarda chet elda akademik ta'lim olgan AQSh talabalarini hisobga oladi.
Qo‘shma Shtatlar butun dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar soni bo‘yicha hamon birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Mavzuga oid
18:52
“Teleportatsiya qiluvchi robot yasayman” – kattalardek fikrlayotgan 7 yoshli Solih
17:12
Yevrokomissiya rahbari: Grenlandiya bo‘yicha AQShga javob “qat’iy” bo‘ladi
11:54
Lavrov Rossiyaning Qrimni qo‘shib olishini AQShning Grenlandiya bo‘yicha rejalari bilan taqqosladi
11:15