Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazor tumanidagi omborxonadan havoga vodorod peroksidi tarqaldi
Hodisa o‘tgan tunda Olmazor tumanining Uzumbog‘ ko‘chasidagi sanoat obektlaridan birida yuz bergan. Kun.uz'ga kelib tushgan tasvirlardan ko‘rinishicha katta hududda havoni quyuq tutun qoplagan. Bir nechta tez yordam mashinalari voqea joyiga qarab harakatlangan.
Foto: Videodan kadr
FVVning xabariga ko‘ra, Olmazor tumani, Uzumbog‘ ko‘chasida havodan oltin gugurt hidi kelayotgani haqida xabar kelib tushgan. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda ham bu xabarlar keng tarqalgan.
Xabarga asosan, zudlik bilan Toshkent shahar FVB bo‘linmalari aytilgan manzilga yetib borgan.
Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, omborxonada joylashgan sig‘imdan vodorod peroksidi moddasi ochiq havoga sizib chiqishi kuzatilgan.
Toshkent shahar FVB Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya bo‘limlari tomonidan ushbu holat soat 04:00 da to‘liq bartaraf etildi, deb xabar bermoqda FVV.
Vaziyat to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, barcha tegishli xizmatlar voqea joyida hamkorlikda ish olib bormoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlar tekshiruv yakunlangach taqdim etiladi.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Kun.uz'ga kelib tushgan tasvirlardan ko‘rinishicha katta hududda havoni quyuq tutun qoplagan. Bir nechta tez yordam mashinalari voqea joyiga qarab harakatlangan.
Jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Mavzuga oid
09:53 / 19.12.2025
Olmazor tumani ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin
11:12 / 11.12.2025
Toshkentda soliq inspektorlari 10 million so‘m pora olgan paytida ushlandi
09:11 / 10.12.2025
Sebzorda avariyaviy holat sabab Nexia-3 ustunga borib urildi
11:39 / 03.12.2025