Qudratilla To‘laganov Toshkent moliya instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Qayd etilishicha, u bank-moliya sohasida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lib, 2023 yil fevral oyidan beri “Asakabank”ni boshqarib kelayotgan rahbarlar qatorida sanaladi.
Avvalroq Olmazor tumani hokimi Azizxon Umarxonov ichki ishlar tizimiga qaytgandi. Prezident farmoyishi bilan, u Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.







