Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hazorasp tumani istirohat bog‘i yangi qiyofada ochildi
Xorazm viloyati, Hazorasp shaharchasidagi istirohat bog‘i qayta ta'mirlanib, «Yoshlar bog‘i» deb nomlandi va qayta ochildi.
Foto: KUN.UZ
19 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda Hazorasp tuman hokimi O‘ktam Masharipov, Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San'at Salayev, mehnat faxriylari va boshqa mehmonlar, yoshlar ishtirok etishdi.

Shaharcha markazidagi «Yoshlar bog‘i» mahalliy budjet mablag‘lari va homiylar ko‘magi bilan qayta ta'mirlandi. Darvozasi yangicha ko‘rinish oldi, ustiga elektron tablo o‘rnatildi. Piyodalar yo‘laklari barpo etilib, favvora ta'mirlandi.

Turli tomoshalar uchun mo‘ljallangan mo‘'jaz amfiteatr barpo etildi. Shuningdek, ko‘plab karusel va attraksionlar o‘rnatildi

Tantanali tadbir san'atkorlarning kuy-qo‘shiqlari, harbiylarning ko‘rgazmali mashg‘ulotlarini o‘z ichiga olgan tomosha bilan yakunlandi.


Mavzuga oid
17:27 / 05.05.2025
Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanadi
20:46 / 18.04.2025
O‘zbekistonda umummilliy birdamlik bog‘lari tashkil etiladi
13:11 / 22.08.2024
Hazoraspdagi fermerning nizoli qarzdorligi davlat budjeti hisobidan qoplanadigan bo‘ldi
18:27 / 31.07.2024