Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan özgartiriş va qöşimçalarga köra, davlat mulki bölgan, aholining madaniy-maişiy ehtiyojlarini qondiriş va dam olişi uçun foydalaniladigan yerlarni xususiylaştiriş yoxud boşqaça tarzda begonalaştiriş taqiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Şuningdek, uşbu yerlarda binolar va inşootlarni quriş yoki mavjud bino va inşootlarning quriliş maydonlarini kengaytiriş, hududini qisqartiriş taqiqlandi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qöşimçaga köra, mazkur çeklovlarga rioya etmagan holda yer beriş tartibini buzganlik uçun jinoiy javobgarlik kuçaytiriladi.

Şuningdek, yer uçastkalaridan ruxsat etilgan foydalaniş turlari joriy etilib, ularning asosiy, şartli ruxsat etilgan va yordamçi turlarga bölinişi nazarda tutilgan.

Bundan taşqari, botanika boğlari muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kiritildi va ularning hududida ösimlik dunyosi saqlanib qolişiga tahdid soluvçi har qanday faoliyat taqiqlandi.