Kasanaçi sifatida pilla yetiştiriş uçun şartnomasi bölgan dehqonning 1500 tup tut nihollari traktor bilan payhon qilingan. Dehqon prokuraturaning harakatsizligidan şikoyat qilmoqda.
Xorazm viloyati Hazorasp tumanida şartnoma asosida pilla yetiştiriş uçun tut nihollarini ekkan kasanaçi Otaboy Boboyev Kun.uz'ga murojaat qildi. Uning sözlariga köra, özi va öğli (kasanaçilik uning nomiga rasmiylaştirilgan) Toşkentda bölgan vaqtda, ekilgan tut nihollari boşqa bir sub’yekt tomonidan payhon qilinib, örniga şoli ekib yuborilgan.
“Mana şu turgan joyimiz eski tutzor bölgan, şu yerga 2024 yil 20 fevral kuni “Xorazm pilla” korxonasi bilan kasanaçilik böyiça şartnoma tuzib, aprel oyida 1500 tup tut ekkan edik. Har bir tup niholni 2 ming sömdan olganmiz, korxonaning özi sotgan. Sotgan, olgan odamlarning hammasi bor.

May oyida meni ozgina mazam qoçib, Toşkentga ketdim, öğlim orqamdan bordi. Şu vaqtda yerni tutlar bilan birga traktor bilan surib yuborişibdi, “kattalar” aytişdi deb, şoli ekib yuborişibdi.
21 iyun kuni tuman prokurorining oldiga borib, ariza bilan murojaat qildim. Kasanaçi Boboyev Asqarning otasi ekanimni, tutlar nobud qilinganini aytdim. “Sizni haqqingiz yöq ariza berişga, siz faqat pillani boqib berasiz”, dedi. Dilşod ismli katta prokurorning qabuliga bordim. “Kimdan tut köçatini olgansiz, kimlar ekkan, qaçon ekkansiz, mana şu narsalarni yozib berasiz, 3-4 kunda işingizni hal qilib beramiz” deyişdi. Mana bugun 17 iyul (dehqon videomurojaatni yozgan kun – tahr.), tört kundan keyin bir oy töladi ariza topşirganimga. “Kasanaçining otasi böla turib uning nomidan ariza berişga haqqingiz yöq” deyişdi. 1500 tup tutni buzilganiga prokuror indamasa, içki işlar indamasa, ekologiya indamasa?
Bu yerni avval özim nihol ekişga tayyorlaganman, bu yerlar taşlandiq joy bölgan”, – deydi Otaboy Boboyev.
Hazorasp tuman prokurori Dilşod Madirimov Kun.uz muxbiri bilan telefon orqali suhbatda holatga izoh beriş uçun avval holatni örganib çiqişini aytdi. Ammo bir neça kun davomida qilingan takroriy qönğiroqlarga javob bermadi.
Ma’lum bölişiça, “Xorazm pilla” korxonasi uşbu yer böyiça 19 iyun kuni boşqa bir kasanaçi bilan şartnoma tuzgan, u esa tut ekilgan joyga şoli ekkan.
















