Hazorasp tumanidagi “Uluğbek” fermer xöjaligi hamda tuman elektr ta’minoti korxonasi örtasida elektr energiyasi qarzdorligi böyiça nizoli vaziyat yuzaga kelgandi. Kun.uz’ga murojaat yöllagan fermer esa özi bexabar qarzdorlik uçun böyniga katta miqdorda penya osilganini aytgan.
Kun.uz suriştiruvidan söng muammo ijobiy yeçim topdi. Paxta xomaşyosi va boşoqli don yetiştiruvçilarining 2023 yilda nasos agregatlari va suğoriş quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplaşga subsidiya ajratiş yuzasidan Hazorasp tumani işçi guruhi xulosasi bilan fermerga 20 mln söm subsidiya ajratiladigan böldi.

Şuningdek, Qişloq xöjaligi vazirligi vakilining Kun.uz’ga bildirişiça, hozirda subsidiya masalasi hal qilinib, fermerning qolgan muammolari ham örganilmoqda.
Ma’lumot uçun, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi tegişli qaroriga köra, 2024 yil 1 yanvardan boşlab qişloq xöjaligi korxonalari tasarrufidagi elektr energiyasi iste’molini hisobga oliş uskunalari bilan ta’minlangan nasos agregatlari va suğoriş quduqlarining paxta xomaşyosi va ğalla yetiştiriş uçun iste’mol qilgan elektr energiyasi qiymati Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplab berilişi nazarda tutilgan.











