https://ok.ru/videoembed/1698321074828
- Professor Ber, Özbekistondagi vaziyat bilan yaxşi taniş bölgan şaxs sifatida, respublikadagi hozirgi epidemiologik vaziyatni qanday baholaysiz?
- Taxminan ikki oy oldin, mendan infeksiya tarqalişini çeklaşga yordam beriş uçun bu yerga kelişimni söraşdi, ammo vaziyat boşqaça edi. Vaziyat özgargani sababli, vazirlik yana loyihalar işlab çiqiş va Özbekistonda koronavirus epidemiyasini çeklaşga yordam beraş böyiça takliflar kiritiş uçun kelişimni iltimos qildi. Vaziyat umidsiz emas, ammo fuqarolar koronavirus epidemiyasiga qarşi kuraşişda hamkorlik qilişlari juda muhimdir.
- 1 dan 10 gaça şkalada koronavirusga qarşi kuraşda Özbekistondagi soğliqni saqlaş tizimining işini qanday baholaysiz? Hammasi töğri qilinyaptimi?
- Taxminan sakkiz baho beraman. Şu vaqt içida biz taqsimlaş markazi va köplab klinikalarga taşrif buyurdik. Özbekistonda tibbiy ta'minot unçalik yomon emas. Yaxşilanişi kerak bölgan ba'zi jihatlar mavjud. Xususan, PZR testi juda köp vaqt talab etadi, u uç kun davom etmasligi kerak. Hozirda zamonaviy uskunalar sizga bir neça soat içida natijaga erişişga imkon beradi.
- Hozirgi kunda Özbekistonda kasalxonalardagi örinlar, koronavirus uçun testlar va aholiga şoşilinç tibbiy yordam körsatiş borasida muammolar mavjud. Bu pandemiya holatidagi tabiiy jarayonmi yoki yaxşi tayyorlangan soğliqni saqlaş tizimi şunga öxşaş muammolarni yenga olişi kerakmi? Germaniya tajribasidan kelib çiqib, bu haqda nima deya olasiz?
- Germaniyada biz ham uşbu muammoga duç keldik, şuning uçun sizlardagi kabi taqsimlaş markazlarini taşkil qildik. Yaxşiyamki, Germaniyada bu kerak bölmadi. Ammo, agar biz Italiya, Ispaniya va Fransiya kabi davlatlarni olsak, ular haqiqatan ham jiddiy muammoga duç keldi, bu mamlakatlarda tibbiy xodimlari va imkoniyatlari yetişmasligi sababli hattoki uşbu davlatlar bölgan bemorlar Germaniyaga ham kelişdi.

- Yaqinda «Plakvenil» preparati faol muhokama qilindi. Köpgina mutaxassislarning ta'kidlaşiça, u nafaqat foydasiz, balki zararli ham. Bu haqda nima deya olasiz?
- Köpgina institut va markazlarda uşbu kasallik böyiça tadqiqotlar olib borilmoqda. Tabiiyki, hozir aytayotganim vaqt ötişi bilan özgarişi mumkin. «Plakvenil» preparatiga kelsak, dastlab uning samaradorligini körsatadigan ilmiy iş olib borildi, ammo işonçli natijalar haqida gapiriş uçun bemorlar soni kam edi. Köp sonli bemorlar bilan ötkazilgan keyingi tadqiqotlar «Plakvenil»ning samaradorligini körsatmadi. Ba'zi tadqiqotlar hatto uşbu preparatning kardio zararligini körsatdi. Şu tariqa, hozirgi paytda dunyoda uşbu preparatni qöllaş böyiça aniq körsatma yöq. JSST preparatni koronavirusni davolaş uçun tavsiya etilgan terapevtik vositalar röyxatidan çiqarib taşladi.


















