Tesla’ning Model S va Model X elektromobillari Xitoyda 6200 dollargacha arzonladi
Iyun oyi avvalidan boshlab Tesla rasman Model S va Model X elektromobillarining barcha versiyalari narxlarining pasayishi haqida ma’lum qilgandi. Ta’kidlanishicha, narxlar 4,5 foiz atrofida tushadi. Komplektatsiyalarga qarab 4 825 dollardan 6204 dollargacha narxlar arzonlaydi.
Model S va Model X modellarini 2023 yilning mart oyidan boshlab Xitoyga yetkazib berish boshlangandi. Shanxaydagi Tesla Giga zavodida ushbu modellar ishlab chiqarilmaydi. Xitoydagi zavodda faqat Model Y krossoveri va Model 3 sedani ishlab chiqariladi xolos.
Model S elektromobilining ikki motorlisini endilikda 106 690 dollarga xarid qilish mumkin. Model Xʼning 3 ta mustaqil dvigatellisini xarid qilish istagidalar esa 136 330 dollar to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, Tesla Xitoydagi «narx-navo jangi» sabab Model Y va Model 3 modellari narxini 2023 yil boshidayoq tushirishga majbur bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, Tesla may oyida 77 695 ta Xitoyda ishlab chiqarilgan modellarini sotdi. 42 805 ta elektromobil Xitoy ichki bozoriga sotilgan, 35 187 tasi esa eksport qilingan.
Mavzuga oid
20:57
Xitoy tovushdan tez uchuvchi yo‘lovchi samolyotni sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi
20:12
TikTok asoschisi Xitoyning eng badavlat insoniga aylandi
14:20 / 28.10.2024
Xitoyda uchar avtomobillar zavodini qurish boshlandi
22:24 / 26.10.2024