Ilon Mask X ijtimoiy tarmoğida Tesla tomonidan işlab çiqilgan Optimus odamsimon roboti murabbiy qöl ostida kung-fu maşğulotlarini ötkazayotgani aks etgan videoni joylaştirdi.

Mask öz xabarida şunday dedi: «Optimus kung-funi özlaştirmoqda». Rolikda robot murabbiy rahbarligida maşqlarni qanday bajarayotganini köriş mumkin.

May oyida Mask Optimus odamsimon roboti axlat taşiş, supuriş, çangyutgiç bilan tozalaş, ovqat pişiriş va derazalarni yopiş kabi kundalik vazifalarni bajariş qobiliyatini namoyiş etgani aks etgan videoni e’lon qildi.

Tesla yangilangan Optimus robotini 2023 yil dekabr oxirlarida taqdim etgandi. Oldingi versiya bilan taqqoslaganda u harakatlarni yaxşiroq nazorat qilişni örganib olgan. Bundan taşqari, robot özidan oldingi versiyasidan 30 foiz tezroq harakat qiladi va 10 kilogrammga yengil.