Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzinfocom’dagi davlat ulushi UMS’ga o‘tkaziladi
Foto: OOO "Universal Mobile Systems"
Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq:
UZINFOCOM’ning ustav kapitalidagi davlat ulushi kamida 51 foizga oshiriladi;
keyinchalik UZINFOCOM’dagi davlat ulushi Universal Mobile System (UMS) ustav kapitalini ko‘paytirish hisobiga o‘tkaziladi.
“Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot doirasidagi idoraviy axborot tizimlari, ma'lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha qarorlar ularni amalga oshirishning moliyaviy manbalarini aniq ko‘rsatgan holda qabul qilinadi.
UMS axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xaridlarning texnik topshiriqlarini faqat Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi bilan kelishgan holda amalga oshiradi.
Davlat organlariga “Elektron hukumat” tizimi doirasida o‘z ma'lumotlarini qayta ishlash markazlarini tashkil etish va qurish taqiqlanadi.
UMS o‘ziga yuklangan vazifalar doirasida 2022 yil 1 yanvargacha chetdan olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.
Telekommunikatsiya obektlarini qurish uchun UMS’ga yer uchastkalari auksionsiz beriladi.
Mavzuga oid
22:31 / 17.10.2024
Saida Mirziyoyeva sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish loyihasi bilan tanishdi
11:00 / 22.04.2024
UZINFOCOM Yagona integratori tomonidan Ustudy – zamonaviy IT akademiyasi ochilishi haqida
16:58 / 25.08.2023
MyID biometrik tizimi iBeta (AQSh) laboratoriyasidan sifat tasdig‘ini qo‘lga kiritdi
15:11 / 01.11.2019