Kompaniya korporativ ijtimoiy mas'uliyati doirasida ta'lim va inklyuziv (imkoniyati çeklangan insonlarga munosib şaroit yaratiş böyiça) ijtimoiy loyihalarga katta e'tibor qaratmoqda. Xususan, xalq ta'limi vazirligi bilan samarali hamkorlik örnatilgan, öqituvçilar uçun tarif rejalari joriy qilindi, bir qator ta'lim saytlariga bepul kiriş imkoniyati paydo böldi. UMS Khan Academy Özbek ta'lim platformasining yirik hamkorlaridan biridir. Bundan taşqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar va faxriylar uçun tariflar amal qilmoqda.

Samarkand Half Marathon – UMS jamoasi qöllab-quvvatlayotgan navbatdagi loyihadir. Uning asosiy maqsadi – jamoatçilik e'tiborini madaniyat va san'at obektlaridagi inklyuzivlik muammosiga qaratiş, Özbekistonda soğlom turmuş tarzi va sport turizmini rivojlantirişdan iborat. U Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoşidagi Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi hamda bir qator taşkilotlar tomonidan taşkil qilinmoqda.

- UMS kompaniyasi xayriya yordamini körsatgan holda tadbir taşkilotçilarini qöllab-quvvatlamoqda. Zero alohida ehtiyojlarga ega insonlarga teng imkoniyatlar yaratiş maqsadi bizning niyatlarimizga mos keladi. Marafondagi “Soğlom turmuş tarzi tarafdorimiz!”, “Biz befarq emasmiz!”, “Bugungi asosiy maqsadimiz – ezgu işlar!” şiorlarimiz ham kompaniyaning ijtimoiy siyosatini namoyon qilib turadi”, - deydi «UMS» MÇJ Jamoatçilik bilan aloqalar guruhi rahbari Albina Gaysina.

Yarim marafon 1-2 noyabr kunlari bölib ötadigan bir qator tadbirlarni – inklyuzivlik mavzusiga bağişlangan konferensiyalar, leksiyalar, mahorat maktablari, körgazmani – öz içiga olgan. 3 noyabr kuni esa loyihaning yuzlab iştirokçilari, şu jumladan imkoniyati çeklangan insonlar, 2, 10 va 21 km. masofaga yugurişda iştirok etişadi. UMS rahbariyati va kompaniyaning turli xil bölinmalari xodimlaridan taşkil topgan terma jamoa ham yugurişda iştirok etadi.

UMSning Samarkand Half Marathondagi faolliklarini kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kuzatib borişingiz mumkin:

Telegram: https://t.me/UMSuzb özbek va https://t.me/UMSrus rus tillarida

Facebook: https://fb.com/UniversalMobileSytems

Instagram: https://instagram.com/ums_uz