Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangaronda katta miqdordagi pirotexnika vositalari to‘xtatib qolindi
«Chinor» muntazam YPX maskanida katta miqdordagi pirotexnika vositalari ushlandi.
«2019 yil 28 dekabr kuni, Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududida joylashagan, Toshkent viloyati IIBB YHX boshqarmasiga qarashli «Chinor» muntazam YPX maskanida xizmat o‘tayotgan YPX inspektori tomonidan haydovchi, Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan U.B. boshqaruvidagi «ISUZU» rusumli yuk avtomobili to‘xtatilib tekshirilganida, avtomobilning yukxonasida haydovchi va uning sherigi Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan I.Sh.ga tegishli 27 dona «16» nomli 16talik salyutlar, 267 dona «7 ShOT» nomli 7talik salyutlar, 11 dona «3G» nomli 7talik salyutlar, 416 dona «Zolotoy pisok» va 53 ming 400 dona «Britanik» nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Ohangaron tumani IIBga topshirilgan», deyiladi Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
14:29 / 13.02.2026
Prezident Ohangaronda maishiy texnika korxonasi faoliyati bilan tanishdi
14:16 / 13.02.2026
Ohangaronda mis quvurlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda
13:34 / 13.02.2026
Ohangaronda mikroprotsessor, SIM va to‘lov kartalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
12:55 / 13.02.2026