Jahon | 13:00 / 21.04.2020
33235
1 daqiqa o‘qiladi

"Siz kimsiz?": Qizaloq koronavirusga qarshi kurashda qatnashib sochlari oqarib ketgan shifokor otasini tanimadi

Uch yoshli qizcha Uhandan uyiga qaytgan shifokor otasini tanimadi, deb yozmoqda Asia One.

Foto: AP Photo / Xiong Qi/Xinhua via AP

Qayd etilishicha, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun fevral oyida Uhanga ketgan 39 yoshli shifokor yaqinda uyiga qaytib kelgan. Ikki oy davomida uning sochlari butkul oqarib ketgan. Shifokor buni bemorlarga qarash vaqtidagi stress bilan izohladi.

U uyiga qaytganida qizchasi tanimasdan "Siz kimsiz?" deb savol bergan.

Qizcha otasini tanib olishi uchun bir oz vaqt kerak bo‘lgan.

11 million kishi yashaydigan Uhan shahri yanvar oyi oxirida karantinga yopilib, unga kirish va chiqish to‘xtatilgandi. 11 hafta davom etgan qat'iy karantindan keyin mart oyi oxirida karantin choralari yumshatila boshlandi, aprel oyida esa karantin bekor qilindi va shahar yana ochildi.

Mavzuga oid